Namangan viloyati hokimi: “Bu yil ortiqça bir söm topsak ham yölga sarflaymiz”

Namangan viloyati hokimi: “Bu yil ortiqça bir söm topsak ham yölga sarflaymiz”

Namangan viloyati hokimligida viloyatda 2021 yilda amalga oşiriladigan yöl işlari taqdimoti ötkazildi.  

Hokimlik xabar berişiça, viloyatda joriy yilda umumiy uzunligi 415 kilometr bölgan yöllarni quriş va taʼmirlaş közda tutilgan. Buning uçun 531 milliard sömdan ortiq mablağ sarflanadi.  

Jumladan, “Kurnos—Arab—Ğova” umumiy foydalanişdagi avtomobil yölini quriş, “Kosonsoy—Pop” yönalişida 3,6 kilometr uzunlikda yangi avtomobil yöli barpo etiş, “Iskovot—Kosonsoy—Töraqörğon—Jomaşöy—Soyböyi”, “Töraqörğon—Namangan—Çortoq—Keskanyor—Sassiqsoy”, “Kosonsoy—Ravot—Çust—Pop—Navbahor” avtomobil yöllarining ayrim qismlarini rekonstruktsiya qiliş rejalaştirilmoqda.  

Namangan şahridagi markaziy köçalarni taʼmirlaşga 125 milliard söm ajratiladi. EIZ va kiçik sanoat zonalari yöllarini bugungi kun talablari darajasiga keltirişga ham alohida eʼtibor qaratiladi.

—Yangi yilning dastlabki kunlarini yöllar mavzusidan boşlayotganimiz bejiz emas. Bu yil yöllar biz uçun siyosatga aylanadi. Ortiqça bir söm topsak ham yölga sarflaymiz. Şu orqali yillar mobaynida eʼtibordan çetda qolgan yöllarimiz holatini önglaymiz, avtomobil tiqinlari muammosini yeçişga harakat qilamiz, — dedi hokim Şavkatjon Abdurazzaqov.  

Tadbir davomida viloyat rahbari yöllarni holatidan kelib  çiqib “qizil”, “sariq” va “yaşil” hududlarga ajratiş, abgor holatga kelgan yöllarni içki imkoniyatlardan kelib çiqib taʼmirlaş işlarini zudlik bilan boşlaş yuzasidan öz takliflarini bildirgan.

manba: Darakchi.uz

×