Olmaliq şahri hokimi Usmon Rahimovning öğli Dilşod Ismoilov Toşkentda soatiga 150 kilometr tezlikda maşina haydagani va buning uçun jarimaga tortilgani, u ikki yilda 16 marta yöl harakati qoidalarini buzgani haqida xabar berilgandi.
Bloger Nikita Makarenkoning maʼlum qilişiça, Dilşod Ismoilov bezorilik bilan boğliq jinoiy işga ham aralaşgan.
Bloger öz kanalida bir guruh yoşlar köçada ikki kişini urayotgani aks etgan videoni eʼlon qildi. Makarenkoning yozişiça, video va surat unga kanali öquvçisi tomonidan jönatilgan. Öquvçining maʼlum qilişiça, hokimning öğli va uning tört nafar örtoği mazkur fuqaroga va uning 56 yoşli otasiga hujum qilgan va ularni kaltaklagan. Ular beysbol tayoği bilan 56 yoşli erkakning qölini sindirgan.
Videoda Dilşod Ismoilovni yöl-yöl çiziqli futbolkada köriş mumkin. Rasmda esa uning qölida qurol borligi körinadi.
Mazkur holat böyiça Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan. Toşkent şahar IIBB bu jinoiy iş haqida 2020 yilning 11 iyunida xabar bergan.
Toşkent şahar IIBB xabariga köra, voqea 8 iyun kuni Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida yuz bergan. Yaşnobod tumanida yaşovçi 20 yoşli Mirbosit M., 19 yoşli Elmurod D., 20 yoşli Humoyun A. va Yaşnobod tumanida yaşovçi 20 yoşli Dilşod I. bezorilik qilib, 56 yoşli Şavkat M va 30 yoşli Laziz M.ga tan jarohatlari yetkazgan.
«Men bu postni adolat qaror topişi va jamiyat uçun xavfli bölgan hokimvaçça uzoq vaqtga jim bölişi, Olmaliq hokimi Usmon Rahimov öz öğli haqida yana yangilik bilişi uçun yozyapman. Körinişidan, u öğli haqidagi yangiliklardan faqat OAV orqali xabar topadi», — deb yozgan Nikita Makarenko.









