“OAVga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça işlar boşlangan” — Asadov

“OAVga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlikni kuçaytiriş böyiça işlar boşlangan” — Asadov

Özbekistonda jurnalistlarga tazyiq ötkazganlik uçun javobgarlik belgilanmagan. Javobgarlik belgilaşga oid taşabbuslar esa bir neça yildan buyon amalga oşmay kelmoqda.

Özbekiston prezidentining matbuot kotibi Şerzod Asadov bugun, 4 may kuni jurnalistika sohasida “Oltin qalam” mukofotini topşiriş marosimidagi nutqida jurnalistlarga bosim ötkazganlik uçun javobgarlik kuçaytirilişini eslatib ötdi.

“Amaldagi qonunçilikda davlat organlari va taşkilotlarining mansabdor şaxslari tomonidan OAV faoliyatiga tösqinlik qiliş, tsenzura örnatiş, tahririyat xodimlariga bosim va tazyiq ötkaziş kabi harakatlar sodir etilgani böyiça javobgarlikni kuçaytiriş böyiça bugun kerakli işlar boşlangan”, – dedi Asadov.

“Şubhasiz, qayerda milliy matbuot erkin va kuçli bölsa, öşa mamlakatda xalqçil islohotlar ham bardavom böladi. Kuçli matbuotni esa öz faoliyatida xolislik, adolat va haqiqat mezonlariga amal qiluvçi professional jurnalistlar yaratişiga işonçim komil”, – deya taʼkidladi prezident matbuot xizmati rahbari.

Kun.uz avvalroq yozganidek, OAV xodimlari faoliyatiga qarşilik uçun jazo belgilaş masalasi qator voqealar fonida bot-bot kötarilayotgan bölsa-da, ijobiy hal bölmayapti. Natijada ularga tösqinlik qiliş holatlari davom etmoqda.

2019 yildayoq jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik kiritiş böyiça qonun loyihasi muhokamaga qöyilgan edi. 2020 yilda javobgarlikni joriy etişni nazarda tutuvçi yana bir qonun loyihasi eʼlon qilindi.

2021 yil boşida yana bir loyiha – yangi tahrirdagi Jinoyat kodeksi loyihasi eʼlon qilindi. Unda ham jurnalist faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik joriy etiş közda tutilgan. Biroq hozirga qadar yuqoridagi loyihalarning heç biri qabul qilinmadi.

Jurnalistlarning davlat va xöjalik boşqaruvi organlari ustidan parlamentga murojaat etiş huquqini qonuniylaştiriş masalasi ham qanday oçilgan bölsa, şunday oçiqligiça qoldi.

2020 yili parlamentda körilgan masala – OAVga maʼlumot bermaslik yoki notöğri maʼlumot berganlik uçun javobgarlik belgilaş ham qoğozda qolib ketgan edi.

2021 yilgi Davlat dasturiga binoan, söz erkinligini taʼminlaş va OAVni har tomonlama rivojlantiriş uçun huquqiy asoslarni kuçaytirişga oid prezident qarori loyihasi işlab çiqilişi belgilangandi. AOKA işlab çiqqan qaror loyihasi hamon tasdiqlangani yöq.

Bundan 6 oy oldin AOKA direktori Asad Xodjayev Kun.uz savoliga javoban jurnalistik faoliyatga tösqinlik qilganlik uçun javobgarlik belgilaş masalasi yil oxirigaça hal bölişi mumkinligini aytgandi.

Taʼkidlaş kerakki, qator qonunlarda jurnalistlarning bosimlar va tahdidlardan himoyalanişi qayd etilgan bölsa-da, kodekslarda bunga nisbatan javobgarlik kiritilmagan.

manba: Kun.Uz

×