Çortoq tumani «Navbahor» mahalla fuqarolar yiğinida istiqomat qiluvçi Adham Qodirovlar oilasida bir yöla uç çaqaloq dunyoga keldi.
Çortoq tumani hokimligi axborot xizmatidan xabar berişlariça, ota-ona yangi tuğilgan farzandlariga Ziroatxon, Saida va Şahnoza ismlarini qöyişdi, deya xabar berdi jurnalist Oqilxon Dadaboyev.
Çaqaloqlar soğlom va tetik. Vazn va böy meʼyorda ösmoqda.
Adhamjon va Odinaxonlar bungaça uç nafar qiz farzandning ota-onasi bölgan. Tönğiç qiz – Madinabonu Abdulxafizova 5-sinf, ikkinçisi – Muştariy 2-sinf öquvçisi. Uçinçisi – Muslima 6 yoşda.
Odinaxon Altimeşova asli Toşkent viloyatining Yangiyöl tumanidan. U 2006 yil noyabrda Çortoqqa kelin bölib tuşgan. Hozirda rözğor yumuşlari, farzandlar parvarişi va tarbiyasi bilan band.
Turmuş örtoği Adhamjon Qodirov usta.
Gödaklarga tuman hokimligi tomonidan qimmatbaho sovğalar va oziq-ovqat mahsulotlari topşirilgan.









