Rus millatiga mansub bölganlar iymonga kelsa, aksari xolis mömin bölişini har doim bilganman.
Keça kiçik qizimni tişini oldirgani stomatologiyaga olib borgan edim. Odam juda köp , hamma xonalarda önlab kişilar navbatda ekan. Bir xonaga navbat raqami oldim. Kutsam asr qazo bölişi aniq edi. Şavvozlik qilib navbatsiz ötib ketay desam ötib ketar edim-ku , ammo çakagimdagi soqol va qizimni öragan römoli bizni musulmon ekanimizni bildirib turgani uçun, navbatda turganlarda muqaddas dinimiz şaʼniga salbiy qaraş uyğotmaslik uçun kutib ötirişni afzal bildim.
Ammo keyin qarasam bu fikrdan köra namozni qazo qilmaslik fikri ğolib keldi. Qalbi moğor bosgan odam baribir tirnoqdan kir izlaydi deb ijtixod qilib, birrovga kirib şifokordan maslahat söraşga qaror qildim .
Yaxşiyam kiribman . Meni notöğri xonaga navbatga yöllab qöyişgan ekan. Ana tibbiyot sizga! Tursangiz, turaverasiz ekan. Xullas, boşqa xonaga borib jarroh xonasiga yangi navbat oldik.
Navbatimiz kelib kirsak, şifokor yoşi katta bir rus millatiga mansub kişi ekan. Qizim örindiqqa örnaşib ötirdi. Jarroh oğriq qoldiruvçi ukol qorişmasini tayyorlay boşladi. Şunda qizim, römolim xalaqit bersa kerak deb endi yeçayotgan edi, haligi rus amaki şiddat bilan qizimni qölini uşlab olib, "Net, net, eto xaram, xaram, snimat ne nado" desa böladimi?! Men "Maşaallah , vi musulmanin, da?" desam , "A kak je , ya je s detstvo jivu sredi musulman, ya rodilsya zdes v Taşkente" deydi. Menimça, boşqasi bölganda farqiga bormagan bölardi deb öylab qoldim.
Asrga uyga yetib keldik. Uydan çiqayotganda: "Bismillahi tavakkalta alallohi, la havla vala quvvata, illa billah" deb aytişni kanda qilmaymiz.
Abdulloh Nurxonov
Manba: azon.uz









