Namanganda Xalqaro qizlar maktabi oçildi

Namanganda Xalqaro qizlar maktabi oçildi

Namangan şahridagi Yoşlar markazida Abu Rayhon Al-Beruniy nomidagi Xalqaro qizlar maktabining tantanali oçilişiga bağişlangan marosim böldi.

Bu haqda “Namangan24.uz” saytiga Namangan viloyati xalq taʼlimi boşqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Tantanali tadbirda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Adminstratsiyasi, Namangan viloyati va şahar hokimligi, xalq taʼlimi sohalari mutasaddilari, barça şahar va tumanlaridan kelgan bir guruh ustoz-muallimlar hamda keng jamoatçilik vakillari iştirok etdilar.

Taqdimot jarayonida Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktabining imkoniyatlari, undagi öqitiş va taʼlimni taşkil etiş jarayonlari, xorijiy tajriba va amaliyot bilan boğliq jihatlar, xalqaro hamkorlik, xususan, nufuzli xalqaro taşkilotlar bilan birgalikda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar hamda ularning samaralari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Poytaxtdan keyin ikkinçi bölib Namanganda taşkil etilayotgan Al-Beruniy nomidagi Xalqaro qizlar maktabida darslarni xorijiy davlatlarda taʼlim olgan, malaka va tajriba örgangan katta salohiyatga ega bölgan öqituvçilar olib boradilar. Qizlarning barça zamonaviy fanlarni mukammal egallaşi uçun jahonning rivojlangan davlatlaridagi kabi qulayliklar yaratilgan.

Bundan taşqari, kitobxonlik maʼrifat dargohi faoliyatida muhim öringa ega bölib, bebaho xazina bölgan kitob har bir öquvçining yonida yuradigan doimiy döstiga aylanadi. Darsdan taşqari maşğulotlarda xoreografiya, sanʼat, madaniyat, notiqlik mahorati kabi önlab yönalişlarning qamrab olingani esa yoşlarning ilmu iqtidorini yuzaga çiqarişga qanot bağişlaydi.

Tadbir iştirokçilari onlayn taqdimot, slayd tarzida namoyiş etilgan maʼruza va çiqişlar orqali Al-Beruniy nomidagi Xalqaro maktab imkoniyatlari haqida töliq maʼlumotlarga ega böldilar.

Namangan şahridagi “Kuraşxona” dahasidagi “Vodiy” avtosaloni binosining 2,3-qavatlarida joylaşgan Al-Beruniy nomidagi Xalqaro qizlar maktabiga joriy öquv yilida 1-sinfdan 11-sinfgaça jami 220 nafar qiz qabul qiliş közda tutilgan. Ayni paytda uşbu ilm maskaniga qabul jarayonlari qizğin davom etmoqda.

Taqdimot marosimida Namangan şahar hokimi Şavkatjon Abdurazzoqov, viloyat hokimining örinbosari Paxriddin Matkarimov, viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi boşliği Vahobjon Rajapov qatnaşdilar.

© namangan24.uz

×