Internetda Qirğizistonda bolalarni öldirib, jasadlarini yegan xitoyliklar qölga olingani töğrisida xabarlar tarqaldi.
Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda Qirğizistonda işlayotgan xitoyliklar bolalarni avval öldirib, keyin jasadlarini isteʼmol qilgani aks ettirilgan audio, video yozuvlar tarqaldi. Video va audioyozuvlarda odamlarning faryod qilayotgani tasvirlangan. Qirğiziston Içki işlar vazirligi Xitoy fuqarolariga oid materiallarni örganib çiqdi. Tarqatilgan maʼlumotlar haqiqatga töğri kelmaydi, deb xabar beradi boşqarma matbuot xizmati. Bundan taşqari, köplab odamlar asirga olingani va yiğlayotgani tasvirga olingan video toğli hududlarning birida suratga tuşirilgan. “Video Qumtor oltin konida suratga olingan bölib, u yerda odamlar 10 yanvar köçki natijasida bedarak yöqolgan ikki işçi xotirasiga duo qilib, yiğlaşgan”, deyiladi Qirğiziston IIV xabarida. Ayni paytda huquqni muhofaza qiliş xodimlari bunday maʼlumotni tarqatgan ilk manbani aniqlaş uçun barça çoralarni körmoqdalar, deya qöşimça qilinadi IIV matbuot xizmati bayonotida. Eslatib ötamiz, avvalroq koronavirus epidemisi sabab Xitoy bilan çegarasini yopgan edi.
Manba: effect.uz









