Amaldorlarga töy va ziyofatbozlik taqiqlandi

Amaldorlarga töy va ziyofatbozlik taqiqlandi

Qirğizistonda amaldorlarning töyma-töy yurişi hamda isrofgarçilikka yöl qöyilgan tadbirlarda qatnaşişi taqiqlandi. Bu haqda mamlakat Vazirlar Mahkamasi rahbari Oqilbek Japarov Prezident Administratsiyasi hayʼati yiğilişida aytib ötdi.

Boş vazirning aytişiça, Prezident Sadir Japarovning barça farmon va körsatmalari öz vaqtida bajarilişi kerak. U öz nutqi davomida Prezidentning töy vaqtida çorva söyişni taqiqlaş va isrofgarçilikka yöl qöymaslik haqidagi qaroridan iqtibos keltirgan.

"Agar biror joyda isrofgarçilikni körsangiz, u yerga bormang. Töyma-töy yurmang", degan Oqilbek Japarov. 

Maʼlumot uçun, 2022 yilning fevral oyida Qirğizistonda Prezident farmoni imzolandi va oilaviy tadbirlar paytida çeklovlar töğrisidagi qonun kuçga kirdi. Bundan közlangan maqsad fuqarolarning ijtimoiy-iqtisodiy turmuş darajasini oşiriş, şuningdek, diniy marosimlar, töylar va boşqa tadbirlarni ötkazişda jamiyatdagi maʼnaviy muhitga salbiy taʼsir körsatuvçi isrofgarçilikning oldini oliş ekani aytilgan.


×