Ana xolos! Saudiya qirollik oilasi Qurʼoni karimni özgartirdi

Ana xolos! Saudiya qirollik oilasi Qurʼoni karimni özgartirdi

Isroilga yaqinlaşib, musulmonlarga va Islomga uruş eʼlon qilgan Saudiya qirollik oilasi, endilikda Qurʼoni Karimni buzişlikni boşladi. Saudiya Arabistoniga qaraşli “Qirol Fahd Akademiyasi” tomonidan çop qilingan Qurʼoni Karimning ibroniyça tarjimasida, Paygambarimiz Hazrati Muhammad s.a.v ning ismi şarifi olib taşlanganligi va yana boşqa 300 ta xatoga yöl qöyilganligi maʼlum qilindi. Bu xaqda "tarjumon.uz" xabar berdi.

“Iliq Islom” nomi ostida mamlakatni sekulyarlaştirişlikga harakat qilgan Saudiya Arabistoni boşqaruvi, endilikda esa Qurʼoni Karimni özgartirişga kirişdi.

Saudiya Arabistoni Qirollik oilasiga boğliq ravişda dunyoga tarqatilgan Qurʼoni Karimlar ustida tadqiqot olib borgan Qirol Fahd Akademiyasi 300 ta xilma-xil xatolarni Qurʼoni Karimning ibroniyça tarjimasiga kiritgani oşkor böldi.

Payğambarimiz Muxammad s.a.v ning ismi şarifi ibroniyça tarjimadan olib taşlanib, Masjidul Aqso esa «haykal» deb tarjima qilingan. Tarjima Asad Nemur Basul tomonidan amalga oşirilgan bölib, ibroniyça tarjimadagi xatolarning yaxudiylarning muqaddas kitobi sanalgan taxrif (özgartirib yuborilgan) etilgan Tavrotga nisbatan paralel şaklda özgartirilib tarjima qilinganligi diqqatlarni tortdi. Isroil bilan yaqin aloqa qurgan Saudiya Arabistoni Qirollik saroyining Qurʼoni Karimni özgartirib, Isroilga yanada yaqinlaşiş maqsadi maʼlum böldi.

“Fojiali xatolar bor”

Şahabinning xabariga köra, bu fojiani Isroil tadqiqot mutaxassisi Alaadin Axmad maʼlum qildi. Axmad: “Dunyo böyiça Mushafi Şarifni çop qilişlikdan masʼul bölgan Qirol Fahd Akademiyasi tarafidan tadqiq qilingan Qurʼoni Karim tarjimasi nusxalarida, Islom aqidasiga fojiaviy zarar beradigan xatolar mavjud” dedi. Axmad: “…birinçi xato, birinçi saxifadanoq boşlanadi va Qurʼoni Karim- Qurʼoni Mubajjal, deb tarjima qilingan” deydi.

Isro surasidan “Masjid” kalimasini olib taşlab, örniga “Haykal” deb qöyişgan.

Qurʼon Karimda Isro surasi 7-oyatdagi “avval kirganlari kabi yana Masjidga kirsinlar” ifodasidagi «masjid» kalimasi örniga “haykal” kalimasi qöyilgan.

Qurʼoni Karimni bunday özgartiriş orqali sionistlarning eʼtiqodiga nisbatan paralellik ifoda qildirişlik esa diqqatni tortadi. Sionistlarga köra, Masjidul Aqsoning tagida Sulaymon a.s. ning haykali bor.

Paygambarimiz s.a.v ismi şarifini yoza olmabdilar.

Saudning ibroniyça Qurʼoni Karim tarjimasi Muborak Payğambarimiz Hazrati Muxammad Mustafo s.a.v muborak ismi şariflari kitobning ohirida, payğambarlar ismlari orasidan olib taşlanganligi maʼlum böldi. Yana, Ismoil a.s ning ismi zikr qilingan oyatdan ham olib taşlangan.

Oyatlarni boşqaça tarjima qilişgan.

Ahmad yana köp mutaşobix oyatlarni tuşinib bölmaydigan tarzda, boşqa maʼnolar berib tarjima qilinganligini aytdi. Umumiy hisobda 300 ta xato borligini bildirdi.

×