Atrof-muhitga taʼsir qiladigan şovqin va çang ifloslanişini kamaytiriş maqsadida Xitoyning Tszinan şahri rahbariyati innovatsion qaror qabul qildi. Quriliş işlari ulkan havo bilan töldirilgan gumbaz ostida olib borilmoqda. Bu haqda “Oddity Central” xabar berdi.
Naşrga köra, maydoni 20 ming kvadrat metrni taşkil etadigan bu inşoot dunyodagi eng katta havo gumbazi bölgan va ekologlar hamda quriliş texnologiyalari mutaxassislarining eʼtiborini tortgan. 50 metr balandlikdagi konstruktsiya katta quriliş maydonini töliq qamrab olib, çang va şovqinga qarşi samarali tösiq vazifasini bajarmoqda. Içkaridagi çang taşqariga çiqmasligi uçun havo filtrlaş tizimi va manfiy bosim texnologiyasi qöllaniladi. U yerdan çiqayotgan havo tozalangan holda taşqariga ötadi. Şu bilan birga, gumbaz içidagi işçilar yetarli darajada toza havo bilan taʼminlanmoqda.
Gumbazning yana bir muhim xususiyati – quyoş nurlarini ötkazadigan şaffof qatlam. Bu kun davomida yoritiş uçun elektr energiyasi sarfini sezilarli darajada kamaytirişga imkon beradi. Içkarida yuk kötaruvçi ustunlarning yöqligi esa doimiy havo bosimi nazorati orqali taʼminlanadi va bu quriliş texnikasi hamda xodimlar uçun qulay muhit yaratadi.
Gumbazning yana bir afzalligi – uning köçiriluvçanligidir. Işlar yakunlangaç, uni tezda yeçib, boşqa quriliş maydoniga köçiriş mumkin. Şahar maʼmuriyati vakillarining taʼkidlaşiça, uşbu loyiha ekologik toza va barqaror şahar infratuzilmasini rivojlantiriş böyiça kengroq strategiyaning bir qismi hisoblanadi.
Uşbu sinov loyihasining muvaffaqiyatli amalga oşirilişi Xitoy böylab şunday texnologiyalarni keng qöllaşga turtki bölişi mumkin. Mutaxassislarning qayd etişiça, bunday texnologiyalar ayniqsa aholisi ziç joylaşgan hududlarda hayot sifatini sezilarli darajada yaxşilaşi mumkin, ayniqsa, quriliş işlari köpinça jiddiy ekologik muammolarga sabab böladigan joylarda.









