Farğona viloyati hokimligi Matbuot xizmati rahbari Muhammadjon Obidov lavozimini tark etdi. Jurnalist viloyat hokimligi muassisligidagi “Farğona haqiqati” – “Ferganskaya pravda” gazetalari birlaşgan tahririyatining boş muharriri etib tayinlandi. Bu haqda ÖzA yozmoqda.
Farğona viloyati hokimligi muassisligidagi “Farğona haqiqati” gazetasi 1917 yilning 14 oktyabridan çiqa boşlagan. Uning tarixi Qöqon şahrida “El bayroği” nomi bilan paydo bölgan gazetaga borib taqaladi. Gazeta 1921 yil may oyidan “Mehnat bayroği”, söngra “Farğona”, 1926 yil 22 oktyabrdan esa “Yangi Farğona” nomi bilan çop etilgan.
1938 yil boşida Farğona viloyati taşkil etiladi va şu yilning may oyidan viloyat gazetasi “Kommuna” nomi bilan çiqa boşladi. 1993 yil dekabrdan hozirgi nomi bilan çop etib kelinmoqda. 2012 yilda tahririyat “Oltin qalam” tanlovining boş milliy mukofotini qölga kiritgan.
Maʼlumot örnida, “Farğona haqiqati” –“Ferganskaya pravda” gazetalari tahririyatining boş muharriri Gulbahor Saidğaniyeva Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining deputati etib saylandi. Şu bois bu lavozim böş qolayotgan edi.
Özbekistonda xizmat körsatgan jurnalist Muhammadjon Obidov Farğona viloyati hokimi Matbuot kotibi lavozimini egallaganiga köp bölmagan edi. Ammo, qisqa vaqt içida internet-saytlar, ijtimoiy tarmoqlarning “yulduz”iga aylandi. U matbuot kotibi bölib işlagan davrda Farğona viloyati hokimining “blogerning janozasini öqimaysanmi” deya tuşunilgan audioyozuvi tarqaldi. Obidov esa tezkor reaktsiyaga kirişib, uşbu ovoz pranker mahsuli va bu işning ortida “Ozodlik” radiosi turganini aytib çiqdi. Oradan köp ötmay, uning iddaolari isbotini topmadi. Boş prokuratura ovoz haqiqatan ham Ğaniyevga tegişli ekanini dalilladi.
Oxirgi vaqtlarda esa hokim Şuhrat Ğaniyevdanda köproq, Matbuot kotibi Muhammadjon Obidovga nisbatan eʼtirozlar ortdi. Ayniqsa, hokimning bolalar boğçasi xonalarida. Gilam ustida poyabzali bilan yurgani tasvirlangan surat hokimlikning ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali tarqatilgaç, jurnalist va blogerlar hokimlik Matbuot xizmati rahbarini özgartiriş taklifi bilan çiqişdi.









