Şavkat Mirziyoyev yonganlarning oilasiga yordam körsatişni buyurdi

Şavkat Mirziyoyev yonganlarning oilasiga yordam körsatişni buyurdi

Bundan avvalroq yonğin oqibatida halok bölgan özbekistonliklarning şaxsiga aniqlik kiritildi.

Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning körsatmasiga asosan Rossiyaning Tomsk oblastida 10 nafar özbekistonlik ölimiga olib kelgan yonğin sabablarini örganiş böyiça hukumat komissiyasi tuzildi. Bu haqda Özbekiston FVV matbuot xizmati xabar berdi. “Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning körsatmasiga asosan, yonğin sabablarini örganiş, jabrlanganlar va halok bölgan fuqarolarning oila aʼzolariga yordam körsatiş maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi”, deyiladi xabarda. Komissiyaga halok bölgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam körsatiş, jabrlanganlar va halok bölgan Özbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini vatanga olib keliş böyiça taşkiliy çoralarni köriş, Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yonğinning kelib çiqiş sabablarini örganiş, mahalliy hokimiyat va özini özi boşqariş organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning şaxsiga aniqlik kiritiş va ularning oila aʼzolariga dafn marosimlarini ötkazişda amaliy yordam körsatiş vazifalari yuklatilgan. 21 yanvarga ötar keçasi Rossiyaning Tomsk viloyati Asino tumani Priçulimskiy aholi yaşaş punkti Svoboda köçasidagi bir qavatli yoğoçdan qurilgan 1/3-uyda yonğin röy berdi.  Yonğin oqibatida uyning tomi qulab tuşgan, 11 kişi halok bölgan, ulardan 10 nafari Özbekiston fuqarolari edi. Bundan avvalroq yonğin oqibatida halok bölgan özbekistonliklarning şaxsiga aniqlik kiritildi.

×