Xabaringiz bor, keça, 28 sentyabr kuni Toşkent şahri Sergeli tumanidagi “Quruvçilar” dahasida joylaşgan “Inter Logistics” MÇJga qaraşli omborxonaning portlaşi oqibatida uşbu hududga yaqin köp qavatli uyda istiqomat qiluvçi 2006 yilda tuğilgan Abrorxöja Abbosxöjayev vafot etgan edi.
QALAMPIR.UZ jamoasi bugun, 29 sentyabr kuni ham voqea sodir bölgan hududga borib, tiklaş va obodonlaştiriş işlari bilan tanişdi va hodisa joyida bölib turgan Toşkent şahar hokimi vazifasini vaqtinça bajarib kelayotgan Şavkat Umurzoqovga mikrofon tutdi.
“Marhumning ota-onasi bilan gaplaşdim. Ular judayam tuşkun holatda. Farzand doğini duşmaningizga ham ravo körmaysiz. Hamma yordamni qilyapmiz, lekin, özlariga ham aytdikki, biroz holatlari yaxşilangaç, yana körişib, suhbatlaşamiz. Xotirjam bölgaç, nima yordam kerakligini aytişsa, albatta yordam beriladi”, deydi Umurzoqov.
U sözida davom etarkan, atrofidagi saxovatpeşa döstlari ham jim qarab turmagani, kimga qanday yordam kerak bölsa, tayyorligini bildirdi.
“Qança örtoq va tanişlarim qönğiroq qilib, kimga nima yordam beraylik, deb söraşmoqda. Bunday odamlar yöq emas. Viloyat hokimlari qönğiroq qilişyapti, nima yordam beraylik [deb söraşyapti]. Rahmat, Hukumatimiz tomonidan hamma şaroit qilib berildi”, deydi Umurzoqov.
305-maktabning 11-sinf öquvçisi bölgan Abrorxöja Abbosxöjayev portlaş sodir bölgan vaqtda öz uyida, xonaning derazaga yaqin qismida uxlayotgan bölgan. Kuçli zarbdan xona içiga qulagan rom oynasi bolaning böynini kesib yuborgan. Bola voqea joyida vafot etgan va şifoxonaga tiriklik alomatlari bölmagan holda olib kelingan.
Eslatib ötamiz, Sergelidagi hodisa oqibatida jabrlanganlarning umumiy soni 163 nafarni taşkil etmoqda. Şundan jami 24 nafari Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazi va uning Toşkent viloyati filiali, Toşkent şahar tez tibbiy yordam şifoxonasi, 1-sonli Respublika va 1-sonli şahar klinik şifoxonalari hamda 1-sonli şahar tuğuruqxonasiga yotqizilgan.
Qolgan 138 nafar jabrlangan aholi vakilining salomatligi yaxşi bölganligi uçun ambulator tibbiy yordami körsatilib, uyiga javob berilgan.









