Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz taʼminoti bazasida "Xududgaztaʼminot" AJ taşkil etilib, gaz taqsimlaş tarmoqlarini va tegişli uskunalarni ekspluatatsiya qiliş, mamlakat isteʼmolçilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş bilan şuğullanadi
Qaşqadaryo viloyati Muborak tumanida 17ta qişloqni qaytadan gazga qöşiş imkoniyati bor. Tumanni qayta gazga ulaşning eng asosiy talabi - bu hisob tizimini joyiga qöyiş va enenergotejamkor uskunalardan foydalanişdir, dedi bugun jurnalistlar bilan uçraşuvda "Özbeknefgaz" AJ boşqaruvi raisi Bahodir Sidiqov.

Özbekneftegaz rahbarining sözlariga köra, agar şu talablarga amal qilinsa, kamida 4 mingga yaqin aholi gaz bilan taʼminlanadi.
U şuningdek, gazoprovod gazi yetkazib berolmayotgan hududlarga suyultirilgan gaz yetkazib beriş hamda Energetika vazirligi bilan birgalikda bunday hududlar arzon kömir bilan uzluksiz taʼminlaş masalasi ham körib çiqilayotganini aytib ötdi.
Sidiqov gaz narxi oşirilişi atrofida kötarilgan şov-şuvlarga ham öz munosabatini bildirdi va gaz narxini oşirişdan közlanayotgan maqsad daromad köriş emasligiga ahamiyat qaratdi.
"Mana, gaz narxi oşişi eʼlon qilingaç, ijtimoiy tarmoqlarda vahima kötarilib ketdi. Aslida oşadigan foizi - 16-17%, lekin unga ketayotgan harajat-çi? Şu keçayu-kunduzda "Özbekneftgaz" içidagi muammolarni hal qilişimiz uçun biz gaz narxini ikki barobar oşirişimiz kerak. Şu taklifni muhtaram Prezidentimizga bergan edik, lekin judayam katta tanbeh bilan qaytib çiqdik. "Mumkin emas!", deyildi. Şundan keyin içki rezervlarimizni kördik, nima qilsak oldimizda turgan muammolarni hal etsak böladi degan savolni qayta körib çiqdik. Biz oldimizda turgan muammolarning 20 %ini narx oşiriş hisobiga hal qilayapmiz, qolgan 80% ini davlat yordami va içki rezervlardan töğirlayapmiz", - dedi u.
Sidiqov şuningdek, gaz bilan taʼminlaş masalasi qaçon öz yeçimini topişi masalasiga ham töxtaldi.
"Uzoq qişloqlarga gaz quvurini olib borişning iqtisodiy jihatdan foydasi yöq. Şu bois, gaz tarqatişni xususiy operatorga berişni rejalaştirganmiz. Balki ular boşqaça bir kontseptsiya orqali gaz bilan taʼminlaş tizimini töğirlaşi mumkindir", - dedi suhbatdoş.
Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyevning "Aholi va iqtisodiyotni energiya resurslari bilan barqaror taʼminlaş, neft-gaz tarmoğini moliyaviy soğlomlaştiriş va uning boşqaruv tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida"gi qaroriga binoan "Öztransgaz" AJni "Özbekneftgaz" AJ tarkibidan çiqariş va uning vazifalarini ikkita ustivor yönalişga ajratiş belgilangan.
Xususan, yaqin kelajakda hududiy gaz taʼminoti bazasida "Xududgaztaʼminot" AJ taşkil etilib, gaz taqsimlaş tarmoqlarini va tegişli uskunalarni ekspluatatsiya qiliş, mamlakat isteʼmolçilarini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan taʼminlaş bilan şuğullanadi.









