Qatarda 2022 yili ötkaziladigan futbol böyiça jahon çempionatiga saralaş bosqiçi 5-tur doirasida bugun soat 17:00 da Toşkentning "Paxtakor" stadionida Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari uçraşadi.
Ayni vaqtda Özbekiston terma jamoasi D guruhida peşqadam bölib turibdi. Ötkazilgan uç öyindan söng mamlakatimiz vakillari 2 yutuq, 1 mağlubiyat, 8-3 töplar nisbati bilan 6 oçko jamğarişgan. Saudiya Arabistoni esa 5 oçko bilan ikkinçi örinda.
Özbekiston va Saudiya Arabistoni terma jamoalari özaro 10 marta maydonga tuşişgan. Şundan 4 martasida vakillarimiz, 5 martasida saudiyaliklar ğalaba qozongan. 1 marta jamoalar durangga rozi bölişgan. Töplar nisbati böyiça Saudiya Arabistoni oldinda: 13-21.
Özbekiston MTJ ilk marta Saudiya Arabistoni bilan 1994 yili Yaponiyaning Xirosima şahrida maydonga tuşgan. Öşanda vakillarimiz raqiblarni 4:1 hisobida mağlubiyatga uçratgan. Gollarni Lebedev, Qosimov va Şkvirin urgan.
Sönggi öyin esa 2015 yili Avstraliyaning Melburn şahrida ötkazilgan. Unda Sardor Raşidovning ikkita va Vohid Şodiyevning 1 goli hisobiga milliy terma jamoamiz 3:1 hisobida ğalabaga erişgan.









