Rejalarimiz kölami har bir kundan unumli foydalanişni taqozo etadi. Namangan viloyati hokimi bilan suhbat

Rejalarimiz kölami har bir kundan unumli foydalanişni taqozo etadi. Namangan viloyati hokimi bilan suhbat

Poyoniga yetgan yilda yurtimizning barça hududida ulkan bunyodkorlik işlari amalga oşirilib, iqtisodiyotimiz taraqqiyoti, xalqimiz farovonligini taʼminlovçi köplab istiqbolli loyihalar röyobga çiqarildi. Xususan, Namangan viloyatida ham şunday yangilanişlar tufayli hudud qiyofasi tubdan özgarib, iqtisodiy-ijtimoiy sohadagi özgarişlar samarasi aholi hayot tarzida öz ifodasini topmoqda. Eng muhimi, odamlar olib borilayotgan islohotlardan mamnun, ötayotgan kunidan rozi, taraqqiyotimiz yölidagi ezgu işlarga kamarbasta.

Muxbirimiz ötgan bir yil davomida Namanganda amalga oşirilgan işlar, joriy yilga rejalaştirilgan çora-tadbirlar xususida viloyat hokimi Xayrullo BOZOROV ­bilan suhbatlaşdi.

— Fikrimni avvalo, ­davlatimiz rahbari ötgan yilning 28 fevral — 1 mart kunlari viloyatimizga taşrifi çoğida “2019 yil Namangan yili böladi”, deya bizga katta işonç bildirganidan, taqdim etgan loyihalarimizni har tomonlama qöllab-quvvatlaganidan boşlaşni istardim. Çunki öşa taşrif yakunlariga köra, 1 424 ta yirik va örta loyihani öz içiga olgan uç yillik dastur işlab çiqildi, — deya söz boşladi viloyat hokimi. — Unda belgilangan vazifalarning bosqiçma-bosqiç amalga oşirilişi natijasida 2019 yilning özida mingga yaqin loyihalar röyobga çiqarilib, 5,5 trillion sömdan ortiq mablağ öz­laştirildi. Misol uçun, Namangan şahridagi töqimaçilik mahsulotlari ­işlab çiqarişga ixtisoslaştirilgan “ART sof teks” MÇJ tomonidan umumiy qiymati 293,5 milliard söm bölgan yirik loyiha işga tuşirildi. Bundan taşqari, 100 milliard söm mablağ hisobiga “Uz Tex Group” qöşma korxonasining Norin va Çortoq tumanlarida filiallari barpo etildi. Ayni payt­da ularda 1300 nafardan ziyod kişilar mehnat qilayotir. Namangan tumanida esa farmatsevtika sohasida faoliyat olib borayotgan “Merrymed farm” MÇJ tomonidan 54 milliard sömlik loyiha nihoyasiga yetkazildi. Umuman, dastur doirasida 110 ta ijtimoiy va infratuzilma obʼektida rekonstruktsiya va taʼmirlaş işlari amalga oşirildi.

Ötgan yil Namangan dunyo sarmoyadorlari uçun keng oçilgan viloyatlardan biriga aylangani köngilda faxr tuyğularini uyğotadi. Buni quyidagi raqamlar ham tasdiqlaydi. Yaʼni 2019 yilda 154 ta hududiy loyiha doirasida 300 million AQŞ dollaridan köproq töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar özlaştirildi. Vaholonki, 2018 yilda bu raqam 74 million AQŞ dollaridan iborat edi. Bugungi ­kunga kelib ösiş surʼati ­salkam 3,5 barobarni taşkil etmoqda.

Viloyatda qöşma korxonalar taşkil etiş işlari ham jadal olib borilyapti. Raqamlarga eʼtibor beradigan bölsak, 2017 yilda 20 ta, 2018 yilda 40 ta hamkorlik korxonasi işga tuşirilgan edi. Yakunlangan yilda esa 88 ta qöşma korxona davlat röyxatidan ötkazildi.

Aytiş kerakki, xorijiy kompaniyalar va işbilarmonlik tuzilmalarini jalb etişda viloyatimizda ötkazilayotgan iqtisodiy forum va ­boşqa anjumanlarning örni beqiyos böldi. Jumladan, 2019 yilning iyun oyida ötkazilgan Xalqaro iqtisodiy forumda 350 dan ortiq xorijiy investorlar Namangan salohiyati bilan yaqindan tanişdi. Forum yakunida 340 million AQŞ dollaridan köproq qiymatdagi 48 dan ziyod şartnomalar imzolandi. Şuningdek, ötgan yilning sentyabr oyida farmatsevtika va tibbiyot böyiça ­xalqaro forumga mezbonlik qildik. Uning yakunida dori-darmon va boşqa turdagi tibbiy vositalar yetkazib beriş böyiça 90 million AQŞ dollariga teng 10 ta muhim kelişuvga erişildi.

Hozirgi kunda töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar yönaltirilgan köplab loyihalar ijrosiga kirişilgan. Ulardan biri Töraqörğon tumanida Janubiy Koreya bilan hamkorlikda barpo etilayotgan “Hyundai” avtomobil zavodidir. 200 million AQŞ dollari qiymatida sarmoya yönaltirilgan mazkur korxona bitgaç, yiliga 3000 tagaça tijorat avtomobillari işlab çiqariladi. Yana bir yirik loyiha Çust tumanida ­xitoylik investorlar bilan hamkorlikda “TAI Chang spesial stell” MÇJ tomonidan umumiy qiymati 50 million AQŞ dollariga teng metallni qayta işlaş loyihasi amalga ­oşirilmoqda.

Bunday misollarni nafaqat ­işlab çiqariş, balki ijtimoiy soha, ­xizmat va servis jabhasidan köplab keltiriş mumkin. Umuman olganda, Namanganning investitsiyaviy jozibadorligini yuksaltiriş uçun viloyatimizning barça şahar va tumanlarida faol iş olib borilmoqda. Bu tabiiy jarayon. Negaki, xorijiy ­sarmoyador uçun aeroportdan boşlab ovqatlaniş joylarigaça, yuriş yöllaridan tortib bozorgaça — ­hammasi muhim. Zero, investor özini uyidagidek his qilgan joygagina sarmoyasini işonç bilan yönaltiradi.

— Bugun tadbirkorlik harakati iqtisodiyotning lokomotiviga aylanmoqda. Viloyatda uşbu sohani rivojlantiriş borasida olib borilayotgan işlar xususida töxtalib ötsangiz...

— Tadbirkorlik rivoji böyiça viloyatimizda katta işlar qilinmoqda. Ayni paytda yalpi hududiy mahsulotda soha vakillarining uluşi ­salkam 80 foizga yetgani ana şu saʼy-harakatlar samarasidir.

Viloyatimizda yengil va oziq-ov­qat sanoati, binokorlik materiallari işlab çiqariş kabi yönalişlarda rivojlaniş yuqori. Endi tadbirkorlarimiz boşqa sohalarni ham qamrab olişlari zarur. Buning uçun şart-şaroit yetarli. Misol uçun, “Namangan” va “Kosonsoy-farm” ­erkin iqtisodiy zonalari, 15 dan ortiq kiçik sanoat hududlari imkoniyatidan keng foydalaniş talab etiladi. Yana bir masala: endi mahsulotini faqat içki bozorgagina sotaman, degan tadbirkor uzoqqa bora olmaydi. Kiçik korxona va firmalarimiz taşqi bozordan ham öz örinlarini topişlari zarur.

Biznes qilaman, degan odamga, eng avvalo, yer, bino kerak. Bilsangiz, joy sörab qabulga kelayotgan tadbirkorlar soni juda köp. Nima, faqatgina yangi bino quriş kerakmi? ­Vaholonki, joylarda foydalanilmay yotgan davlat mulki obʼektlari mavjud. Biz ularni işbilarmonlarga imtiyozli şartlar asosida yoki “nol” qiymatda taqdim etişga tayyormiz. Tadbirkorlar bilan uçraşuvlar çoğida ularning manfaatlarini doimo qöllab-quvvatlaş haqida gapiramiz. Öylaymanki, şu singari masalalarni izçil yeçar ekanmiz, taraqqiyot surʼatlari yanada tezlaşadi. 

— Hayotga tatbiq etilayotgan dasturlar zamirida aholi turmuş farovonligini yuk­saltirişdek ezgu maqsad ustuvor örin tutadi. Aytingçi, ijtimoiy yönalişda ham investitsiyaviy loyihalarni amalga oşiriş közda tutilganmi?

— Eʼtibor bergan bölsangiz, yangi yilning birinçi haftasida ijtimoiy tarmoqlarda viloyat ahlini mahalliy byudjetning sohalar böyiça ijrosi töğrisidagi maʼlumotlar bilan taniştirdik. Unda, masalan, soğliqni saqlaş sohasi uçun 57,9 milliard, taʼlim sohasiga 10,1 milliard, madaniyat sohasiga 1,1 milliard, obodonlaştiriş tizimiga 4,7 milliard söm mablağ yö­naltirilganligi körsatilgan. Tabiiyki, bularning barçasi xalqimizning munosib hayot keçirişi uçun yetarli şart-­şaroitlarni yaratişga xizmat qilişi bilan katta ahamiyatga ega.

Eng zamonaviy taʼlim maskani hisoblangan Prezident maktabipoytaxtdan keyin Namanganda oçilganligi bizga iftixor bağişlaydi. Innovatsion taʼlim texnologiya­si, xorijlik va mahalliy pedagoglardan saralangan jamoa vakillari jalb etilgan mazkur taʼlim maskanida jiddiy sinovlar asosida qabul qilingan 144 nafar öğil-qiz tahsil olmoqda. Ular yangi Özbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qöşa oladigan, malakali kadrlar bölib yetişişiga işonçimiz komil.

Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beş muhim taşabbus ijrosi doirasida “Nodirabegim” axborot-kutubxona markazining qiyofasi tubdan yangilandi. Bu yerda kitobxonlar uçun zamon talablariga mos şart-şaroitlar yaratildi.

— Oldinroq Namangan viloyati soğliqni saqlaş sohasi asosiy körsatkiçlar böyiça respublikada yetakçi öringa çiqib olgani haqida maʼlumotlar paydo böldi...

—Buni sohaga körsatilayotgan doimiy eʼtibor, xususan, tibbiy muassasalar moddiy-texnik imkoniyatlari mustahkamlanib, şifokorlarimizning taşxis qöyiş va davolaş işlariga ilğor texnologiya, zamonaviy vositalarni dadillik bilan joriy etayotganliklari samarasi desa töğri böladi. Aytiş kerakki, keyingi paytlarda soha mutaxassislari yaqin vaqtgaça, asosan, xorijda amalga oşirilgan murakkab jarrohlik amaliyotlarini mahalliy şaroitda bajarayotganliklari köpçilikni ajablantirmay qöydi. Misol uçun, ayrim yurak xastaligi bilan oğrigan hamyurtlarimiz tibbiy yordam oliş uçun katta mablağ sarflab, Hindiston, Germaniya, Rossiya davlatlariga murojaat qilib kelişgani sir emas. Mana, ikki yildirki, viloyatdagi kardiologiya markazida yurak bilan boğliq sunʼiy qon aylantiriş şaroitidagi noyob amaliyotlar muvaffaqiyatli ötkazilmoqda. Joriy yilning yozida mazkur markazda buyrakni köçirib ötkaziş amaliyoti viloyatlar örtasida birinçi bölib özlaştirildi. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filiali, köp tarmoqli bolalar tibbiyot markazi şifokorlari tomonidan özlaştirilgan murakkab jarrohlik amaliyotlari ham dardiga ­darmon istab yurgan hamyurtlarimiz ­muammosiga yeçim topgani bilan eʼtiborga molik.

2019 yilda viloyat böyiça 59 ta tibbiyot muassasasida 105 milliard sömlikdan köproq hajmda quriliş-taʼmirlaş işlari bajarildi. Viloyat endokrinologiya dispanseri, Namangan şahridagi 15, Yangiqör­ğon tumanining Nanay qişloğidagi oilaviy poliklinika yangi binoga köçib ötdi. Norin tumanining Uçtepa qişloğidagi qişloq şifokorlik punkti ham zamonaviy binoda xizmat körsatmoqda.

— “Obod qişloq”, “Obod mahalla” dasturlari ijrosi aholi turarjoylarini körkam qiyofaga kiritayotgani bilan eʼtiborni tortadi. Namanganda boşqa viloyatlardan farqli ravişda “Obod markaz” ­dasturi ham işlab çiqilgan. Uning mazmun-mohiyati ­nimada?

— Prezidentimizning viloyatimizga taşrifi çoğida “Namangan özgarişi kerak. Viloyat turmuş darajasi ança yuqori bölişi lozim. Viloyat ahli, yoşlari bunga munosib!” degan fikrni örtaga taşlagan edi. Bu butun Namangan ahlini viloyatimizning yangi qiyofasini belgilaşga undadi. Şundan kelib çiqib, amalda qöllanilayotgan “Obod qişloq”, “Obod mahalla” dasturlari qatoriga namuna sifatida işlab çiqilgan “Obod markaz” dasturi ham qöşildi.

Joylarda yangi ijtimoiy obʼektlar qurilişi va rekonstruktsiyasini, rivojlangan infratuzilmalar barpo etiş hamda keng kölamli obodonlaştiriş tadbirlarini qamrab olgan “Obod markaz” dasturi ijrosi natijasida tuman markazlari zamonaviy şaharlardan qolişmaydigan körinişga kiryapti. Bundan xalqi­miz xursand. Aytiş kerakki, dasturga asosan, 660 dan ziyod obʼektlarda bir trillion 433 milliard sömlik işlar bajarilişi közda ­tutilgan. Ayni yönalişdagi loyihalar ijrosi bilan Kosonsoy, Mingbuloq, Namangan, Norin, Töraqörğon, Uçqörğon, Pop va Yangiqörğon tumanlari markazlari yangilangan qiyofada aholiga taqdim qilindi. Uyçi va Çust tumanlarida ham bu boradagi işlar nihoyasiga yetkazildi.

“Obod qişloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasidagi işlar ham izçil davom ettirildi. Quruvçilar katta hajmda quriliş-obodonlaştiriş işlarini röyobga çiqardi. Şu jumladan, 8 662 ta yakka tartibdagi, 9 ta köp qavatli turarjoy, 446,5 kilometr içki yöllar taʼmirlandi. 379,3 kilometr uzunlikda içimlik suvi tarmoqlari mukammal taʼmirlandi. Mahalla guzarlari işga tuşirildi. Yangilangan hududlardagi bunday özgarişlardan odamlarning köngli kötarilmoqda, hayotga muhabbati ortyapti.

— 2020 yil rejalarida köproq qaysi yönalişlarga eʼtibor qaratiladi? Viloyat oldida turgan ustuvor vazifalar nimalardan iborat?

— Eng avvalo, barça yutuqlar, ijobiy özgarişlarga xalqimizning faol iştiroki bilan erişayotganimizni taʼkidlab ötmoqçiman. Yangi yil rejalariga kelsak, ular ötgan yildagidan ança salmoqli. Şundan kelib çiqib, amalga oşirilişi lozim bölgan vazifalarni beşta muhim yönalişga böldik.

Birinçi navbatda, sanoat işlab çiqarişni jadallaştirişimiz ­talab etiladi. Hozirgi kunda uşbu sohada respublikadagi uluşimiz 3,3 foizni taşkil etmoqda. Bu körsatkiçni 5 foizga yetkaziş tadbirlarini işlab çiqdik. Şu bois öz oldimizga jalb etiladigan xorijiy investitsiyalarni 500 million AQŞ dollariga yetkaziş vazifasini qöydik.

Keyingi yönaliş qişloq xöjaligi sohasiga qaratilgan bölib, paxtaçilik, ğallaçilik va boşqa ekinlar parvarişiga dunyoning ilğor mamlakatlari tajribasi, masalan, Xitoyning tomçilatib suğoriş usulini keng joriy etiş orqali hosildorlikni oşiriş, eksportbop mahsulotlar yetiştirişga alohida eʼtibor qaratiladi.

Viloyat iqtisodiyotida xizmat körsatiş va turizmning örni mustahkamlanib boryapti. Joriy yilda Namanganga taşrif buyurayotgan sayyohlar sonini 200 ming nafarga yetkaziş imkoniyatini yaratiş uçun har bir tumanda bittadan, viloyat markazida esa 10 ta zamonaviy mehmonxona quriladi. “Afsonalar vodiysi” boğini töla işga tuşiriş, Yangi­qörğon tumanida Nanay turistik zonasini taşkil etiş, Kosonsoy, Çust, Pop va Çortoq tumanlarida ham sayyohlik markazlari barpo etiş rejalaştirilgan.

Bugungi kunda quriliş industriyasining işlari ança tiğizlaşgan. Arzon uy-joylar barpo etişni yanada köpaytiramiz. Respublikada ikkinçi golf klubiga ega böladigan “Namangan Square” majmuasining qurilişi davom ettiriladi. “Namangan city” loyihasi, viloyat markazidagi “Yuksaliş” şaharçasi yonida yöldoş şaharça barpo etiş singari işlar ham navbatdagi vazifalarimiz sirasiga kiradi.

Biz yilning beşinçi ustuvor vazifasi sifatida Namanganni xalqaro va respublika miqyosidagi tibbiyot markaziga aylantiriş harakatiga kirişdik. Şu maqsadda Avstriyaning “AME international GmbH” kompaniyasi bilan 10 million AQŞ dollari qiymatidagi kardiologiya markazi barpo etiladi. Germaniyaning “Textima Export GmbH” kompaniyasi esa 30 million AQŞ dollari yönaltiriladigan köp tarmoqli tibbiy markaz qurilişi va uni jihozlaşda iştirok etmoqda.

Zamon şiddat bilan özgarib, ­vaqtning qadri ortib boryapti. 2020 yilgi rejalarimizning kölami ötayotgan har bir kun, soat va daqiqalardan unumli foydalanişni taqozo etmoqda. Ayni talabni hisobga olib bugun dolzarb vazifalar ijrosiga jadal kirişganmiz. Asosiy maqsad — barça saʼy-harakatimiz aholi turmuş farovonligiga xizmat qilsin.

Qudratilla NAJMIDDINOV

(“Xalq sözi”) suhbatlaşdi.

×