15 yanvar kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Federal yiğilişga (parlament) murojaat qildi. U murojaatnomasida konstitutsiyaga prezident va hukumatning boşqa institutlari örtasida vakolatlarni qayta taqsimlaşni nazarda tutuvçi özgartirişlarni taklif qildi. Putin bugungi murojaatida yana qanday mavzularni tilga oldi?
Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov 13 yanvardan boşlab vaqtinçalik mehnatga yaroqsizligi tufayli Çeçeniston rahbari vazifasini vaqtinça bajara olmaydi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Qodirovning vaqtinça isteʼfosini özida aks ettirgan farmoyiş 13 yanvar, duşanba kuni imzolangan.
"Çeçeniston Respublikasi Konstitutsiyasining 76-moddasiga muvofiq, vaqtinçalik mehnatga layoqatsizligim bois, 2020 yilning 13 yanvar kunidan Çeçeniston Respublikasi rahbarligini bajarişni Çeçeniston Respublikasi Hukumat rahbari Xuçiyev Muslim Magomedoviçga yuklayman", deyiladi Çeçeniston rahbari va hukumati saytida eʼlon qilingan hujjatda.
Keça Rossiya Federatsiyasida boşqaruv tizimida ham özgarişlar kuzatilib, Medvedev isteʼfoga çiqqan edi. Prezident Putin Federal Soliq Xizmati rahbari Mixail Mişustinga Boş vazir lavozimini taklif qilgan edi.
Qalampir.uz Tahririyati









