Bir qator Telegram-kanallarda Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirovning buyragi işdan çiqqani va hozirda ölim töşagida yotgani haqidagi xabarlar tarqalmoqda.
Jumladan, çeçen muxolifatçisi, Abu-Saddam Şişani taxallusi bilan tanilgan Tumso Abdurahmonov özining Telegram-kanalida birinçi bölib bu haqida xabar bergan.
“Qodirovning ölayotgani va endi gapirmayotgani haqida xabarlar kelmoqda. Uning buyraklari işdan çiqqan, dializ yordam bermayapti”, deb yozadi u.
Abdurahmonov, şuningdek, kasallik oqibatida Qodirovning vafot etişi mumkinligini ham istisno qilmagan.
“Ehtimol, bu uning oxirgi kunlaridir”, deya qöşimça qiladi muxolifatçi.
Qodirovning oğir xasta bölişi mumkinligiga işora qiluvçi yana bir holat şuki, u bir neça kun oldin Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Şimoliy Kavkaz respublikalari rahbarlari bilan ötkazgan konferentsiyasida ham qatnaşmagan.
Şuningdek, u noodatiy tarzda xalqini Qurbon hayiti bilan tabriklamagan. Qodirovning örniga uning jiyani Hamzat Qodirov uning tabrigini yetkazib, amakisi Moskvada xizmat safarida ekanini aytgan.
Tumso Abdurahmonovga köra, Qurbon Hayiti bayrami arafasida Ramzan Qodirov Rossiya Prezidenti Işlar maʼmuriyatining Markaziy klinik şifoxonasida davolanayotgan bölgani ehtimoli mavjud.
Eslatib ötamiz, avvalroq yana bir taniqli çeçen arbobi Adam Delimxonovning ham halok bölgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Biroq, keyinçalik bu xabar yolğon bölib çiqdi.









