Ramzan Qodirov hokimiyatdan töyib ketganini aytdi

Ramzan Qodirov hokimiyatdan töyib ketganini aytdi

Çeçeniston rahbari Ramzan Qodirov hokimiyatdan töyganini aytdi. Bu haqda u keça, 14 dekabr kuni jurnalistlar savoliga javoban maʼlum qildi.

Qodirov 2026 yilda qayta saylaniş ehtimoli haqidagi savolga javoban u hokimiyat va xalqqa xizmat qilişdan töyib ketganini aytgan. 

“Agar mendan sörasangiz, men bu hokimiyatdan ham, xalqqa xizmat qilişdan ham töyib ketdim. Menimça, yangi kuçlar, yangi odamlar qiziqroq bölardi, vaziyat ham yaxşilanardi, agar boşqa odamlar bölsa”, degan Qodirov. 

Şu bilan birga, u Rossiya Prezidenti Vladimir Putin taklif etsa va xalq qöllab-quvvatlasa, saylovda qatnaşişini bildirgan. Qodirov, şuningdek, umrining oxirigaça xalqqa xizmat qiliş yölidan çekinmasligini taʼkidlagan.

Ramzan Qodirov Çeçeniston Respublikasiga 2007 yil 5 aprelidan beri rahbarlik qilib kelmoqda va hozirda Rossiya hududlari orasida eng uzoq muddat lavozimda qolayotgan rahbar hisoblanadi. U oxirgi marta 2021 yil sentyabr oyida qayta saylangan bölib, öşanda 94,42 foiz iştirokda 99,7 foiz ovoz töplagan. Qodirovning vakolat muddati 2026 yilda yakunlanadi.

2022 yil sentyabr oyida u lavozimda uzoq qolib ketganini va “çeksiz hamda uzoq taʼtil”ga loyiq ekanini aytgan edi. Öşanda u bu fikri tuşunilib, qöllab-quvvatlanişiga umid bildirgan.

Biroq 2023 yil iyul oyida Çeçeniston rahbari yana öz nomzodini navbatdagi muddatga ilgari suriş niyatida ekanini maʼlum qilgan.

2025 yil may oyining boşida Qodirov yana pozitsiyasini özgartirib, lavozimdan ozod etişni söraganini aytdi. Jurnalistlar uning isteʼfosi haqidagi miş-mişlar yuzasidan savol berganida, u bu gaplar rost ekanini aytgan. 


×