Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 7 iyun kuni Mirobod tumani soliq inspektsiyasining bir guruh xodimlari oldindan til biriktirib, ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçisi Azizbek Aşurboyevni tuzoqqa tuşirgani haqida xabar bergan edik.
Jurnalist, QALAMPIR.UZ rahbari Qamariddin Şayxov ijtimoiy tarmoqlarda katta şov-şuvlarga sabab bölgan mazkur voqelikka nisbatan munosabat bildirib çiqdi. U Davlat soliq qömitasi raisi Behzod Musayevdan bu işni qilgan soliqçilarning nomini oçiqlaşni söradi.
Uşbu videoni yuqoridagi slayderda va Youtube`dagi sahifamizda tomoşa qilişingiz mumkin.
“Ular kim edi, nima uçun bunday yöl tutişdi. Bu savollar bizni juda qiynayapti. Özbekistonda barça sohalar qatorida soliq siyosatida ham juda özgarişlar böldi. Albatta, bu özgarişlarni qabul qilişimiz juda qiyin keçdi. Çunki, faqat foyda, katta zarar qilinmaydi deb aytilgan qöşimça qiymat soliği ham, juda köplab sohalarda, xususan OAV sohasida ham juda katta-katta muammolarni kelitirib çiqaryapti. QQS bilan boğliq özgarişlarni hali özimiz tuşunib olmasimizdan, uni xalqimizga yetkazişga harakat qildik. Bunda öşa blogerlar ham özining jonbozligini körsatdi. Çunki, özgarişlarni hamma kutayotgan edi. Ularning natijasi qanday bölişidan qatʼi nazar, biz ana şu özgarişlarga öz hissamizni qöşişga, odamlarga yetkazişga harakat qildik. Xöş, soliq qömitasining yil boşida jurnalistlardan olgan dastagi, ularning qöllab-quvvatlaşiga bölgan javobi bumi? Ularning OAVga eʼtibori şumi? Bu voqea boşqa bloger, boşqa OAV faoliyatida ham takrorlanişiga heç şubhamiz yöq”, deydi Qamariddin Şayxov.
Jurnalist sözida davom etarkan, Özbekistonda joriy etilgan QQS OAV uçun oğirlik keltirib çiqarayotganini qayd etdi. Unga köra, OAVning daromad topiş manbai reklama. Bu esa mahsulot bölmagani va uning tan narxi yöqligi, xizmat turixi hisoblanişi va narx QQS evaziga 20 foizga oşişiga sabab bölmoqda. Şayxov bu haqda şunday deydi:
“QQS OAVni juda qiynayapti. Reklamaning ortidan kun köradi OAV. Örtaça olib aytadigan bölsak, 2 millionlik reklama narxi 20 foiz QQS bilan 2 400 000 sömga, 3 millionlik reklama 3 600 000 sömga aylanyapti. Kim beradi bunça pulni?”
Qamariddin Şayxov blogerlarning bu tarzda tuzoqqa tuşirilişi va ularga tegişli texnik qurilmalarning olib qöyilişi bilan boğliq vaziyatga eʼtibor qaratarkan, “bu qonuniymi” degan savolni örtaga taşladi.
“Bloger mahkamaga tortilyapti, xonaga olib kirib telefoni va ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi olib qöyilyapti. Bu qonuniymi? Qayerda yozilgan? Agar yozilgan bölsa bizga körsatib beringlar”.
Şayxov dolzarb masalani örtaga taşladi. U soliqçilarni mayda tadbirkorlarni tuzoqqa tuşirgunça, ularni davlat yaratib bergan şaroitlar bilan taniştiriş va turli markazlarga yönaltiriş, tadbirkorligini kengaytirişida yöl-yöriq körsatişga çaqirdi.
“Prezident nima deyaptilar: Startap, Kovorking, tadbirkorlikka yönaltiriş, bilmaganga örgatiş haqida gapiryaptilar. Keçirasiz, soliq siyosatini heç kim onasining qornidan örganib tuşmaydi. Yangi boşlagan tadbirkor u yoqda tursin, 15-20 yildan beri işlayotgan tadbirkorlar ham soliq borasida qator-qator xato qilayotganini körib turibmiz. Yillar davomida xato ustiga xato qilib işlab kelayotgan buxgalterlar bor. Minglab korxonalar hozirgi soliq siyosatini oradan olti oy ötsa ham tuşunib olmagan. Töğri, biz qöşilamiz va rad etmaymiz: hamma topayotgan daromadiga nisbatan soliqlarni ham joy-joyida tölaşi kerak. Lekin soliq tölovçiga örgatiş kerak degan tuşunça ham bormi? Instagram`da oddiygina sahifa yuritayotgan va unga şu sahifasi ortidan reklama kelgan şörlik yigit qayerga boşini ursin, kimga murojaat qilsin? Soliq idoralari xodimlari birinçi safarida unga örgatsin. Mana, davlatda şunday şaroitlar yaratib berilgan, mana kovorking markaz, mana startap loyihalarni amalga oşiriş uçun markaz. Modomiki, şu yönalişda faoliyat yuritmoqçimisan, faoliyatingni kengaytir, işingni rivojlantir va davlatga bundan-da köproq soliq kelib tuşsin, degan yöl-yöriqni körsata bilişi kerakmi? Mirzo Uluğbek innovatsion markazi nega oçildi? Internet sohasidagi xizmatlarni rivojlantiriş uçun oçilmadimi? Markaz aʼzolari nega 2029 yilgaça soliqlardan ozod etildi va nega ayrim soliq idoralari xodimlari bundan bexabar? “Sallani ol desa, kallani olgandek” birinçi kun körib turgan odamini bunday qamab qöyiş, kurakda turadigan işmi?”, deb hozirgi soliq siyosati va imkoniyatlar haqida fikr bildirdi Şayxov.
Jurnalist sözida davom etib, bugungi Özbekistonda Prezident olib borayotgan islohotlar, davlatdagi özgarişlarni köra turib, ertaga qilinişi kerak bölgan işlar haqida fikr uni tinç qöymasligini aytadi.
“Yöl-yölakay har kuni işdan qaytayotganimda davlatda bölayotgan özgarişlarni körib, ertaga nima qiliş kerak degan savol tuğiladi menda. Öylamang faqat siz davlat uçun yaşamayapsiz, biz ham davlat uçun yaşayapmiz. Biz ham şu Vatan çiroyli bölsa, ertaga bizdan keyingi avlod ham çiroyli yaşaydi degan öy bilan yuramiz. Blogerning topgan 400 ming söm puli bilan davlat boy bölib qolmaydi. Lekin agar unga yöl-yöriq körsatilsa, u öz faoliyatini kengaytirsa, 10-15 işçini qölida işlatsa, davlatga şundan foyda emasmi?”, deydi Şayxov
.Qalampir uz Tahririyati









