Namangan viloyatining Çortoq tuman tibbiyot birlaşmasida ikki oy ilgari jarrohlik yöli bilan ona bölgan ayol qornidan dastlab tibbiy doka, keyinçalik rezina qölqoplar çiqdi. Şu sabab 33 yoşli ayolning soğliği xavf ostida qolmoqda.
Bu haqda “Daryo” naşriga maʼlum qilgan Nozim Abdullaga köra, uning singlisi soğliğidan xavotir olib, Soğliqni saqlaş vazirligiga qilayotgan murojaatlari javobsiz qolmoqda.
Köp bemorlarning jarrohlik amaliyotidan söng, içida bint yoki boşqa narsalar qolib ketar ekan. Avvallari eşitsam, kulgili tuyular edi. Bunday bölişi mumkin emas, derdim. Endi öz közim bilan körganim sabab sizlarga inson qadri bir tiyin ekaniga amin böldim. Keserva orqali ona bölgan singlimizning içidan ikki oydan beri ikki marotaba “marli” va rezina qölqop çiqyapti, deydi jurnalist.
Akaning bildirişiça, singlisining soğliğidagi muammolar sabab ikki oydan beri issiği tuşmayapti.
Singlim — otamdan merosim. Şu yaşab tursin. Bolasi-ku nobud böldi, unisi endi xudodan, lekin singlim bizga kerak, deydi bu haqda Facebook’da yozib, Çortoq tumanidagi şifokorlarga murojaat qilgan jurnalist.
Mazkur holat haqida fikr bildirganlardan biri “Şifoxonada kimnidir yöqotmoqçi bölişsa, şifokorlar raqibiga şunaqa yöllar bilan ham zarba beradi, deb eşitganman”, deb yozadi.
Bu holat menda turli gumonlarni keltirib çiqarmoqda. Tuğuruqxona, “medik”lar tili bilan aytganda, ançagina “yoğli” joy. Kimnidir yöqotmoqçi bölişsa, doktorlar raqibiga şunaqa yöllar bilan ham “zarba berişadi”, deb eşitganim bor. Yaʼni kasalga bir nima bölsa, uni operatsiya qilgan doktor javobgar bölişi aniq. Atayin şunaqa “operatsiya” uyuştirilgan bölişi ham mumkin. “Perçatka” masalasi şunday gumon qilişga undayapti, deydi Elyor Ötbosov bu haqda fikr bildirar ekan.
Elyor Ötbosov tibbiyot qölqopi qölga yopişib turişini, şunçaki bemor içida qolib ketmasligini yozmoqda.
Tirik jon içidan tibbiy vositalar çiqmoqda. Ha mayli, bintni-ku tajribasizlikdan, eʼtiborsizlikdan, hayajonda qolib ketgan bölişi mumkin, dersiz (aslida, buni ham oqlaş kulgili). Lekin “perçatka”ga nima deysiz? Ey, inson, tibbiy “perçatka” qölga yopişib turadi. Uni yeçiş bir oz muşkul iş. Qanday qilib bemorning ustida turib “perçatki”ni yeçiş mumkin? “Perçatka”ni bir qöl bilan yeçsa, qölda qoladi-ku, tuşib ketmaydi. Qolaversa, u operatsiya tugagaç yeçilmaydimi?, deydi post muallifi.
Namangan viloyati Soğliqni saqlaş boşqarmasi axborot xizmatining “Daryo” söroviga javob berişiça, Çortoq tuman tibbiyot birlaşmasi boşliği B.Sodiqov yuqoridagi holatni inkor etgan. Va masʼullarga bu xabar asossiz degan maʼlumot bergan.
Foto: Skrinşot
Tibbiyot birlaşma boşliği imzolagan va “Daryo”ga taqdim qilingan hujjatda yozilişiça, 2024 yilning 1 yanvaridan 2024 yilning 7 avgust kuniga qadar tumanda 579 nafar ayol jarrohlik yöli bilan ona bölgan va birortasida asorat kuzatilmagan. Biroq xatda bola ölimi bilan boğliq holat tilga olinmagan.









