Kolumbiya va Portugaliyaga qarşi uçraşuvlardagi mağlubiyatlardan söng “Opta” analitika kompaniyasining superkompyuteri Özbekistonning 2026 yilgi Jahon çempionati pley-offiga çiqiş ehtimolini örganib çiqdi. Bu haqda kompaniyaning rasmiy saytida maʼlum qilindi.
Yangilangan prognozga köra, Özbekiston terma jamoasining öz guruhida birinçi örinni egallaş ehtimoli 0 foizni taşkil etmoqda. Terma jamoaning pley-off bosqiçiga çiqiş imkoniyati esa 1,65 foiz deb baholangan.
“Opta” hisob-kitoblariga köra, Özbekistonning nimçorak finalga yetib boriş imkoniyati 0,31 foizga teng. Şuningdek, jamoaning çorak finalga çiqiş ehtimoli 0,06 foiz deb körsatilgan.
Özbekiston milliy terma jamoasining yarim finalga yöl olişi, finalga çiqişi va jahon çempioni böliş ehtimoli 0 foizni taşkil etgan.
Jahon çempionatining 3-turida Özbekistonga qarşi maydonga tuşadigan Kongo DR terma jamoasining 1/32 final bosqiçiga çiqiş imkoniyatlari 41,22 foizni taşkil qilmoqda.
Hisob-kitoblarga köra, Argentina terma jamoasini Jahon çempionatining asosiy favoriti deb baholamoqda. Amaldagi çempionlarning turnirda ğolib çiqiş ehtimoli 15,46 foizni taşkil etmoqda. Keyingi örinlardan Frantsiya (15,06 foiz) va Ispaniya (12,48 foiz) joy olgan.
Turnir boşlanişidan oldin “Opta” Ispaniyani asosiy favorit sifatida körsatgan edi. Uning çempionlik ehtimoli – 16,1 foiz deb baholangan. Biroq ispanlar 1-turdagi muvaffaqiyatsizlikdan söng 12,48 foiz körsatkiç bilan uçinçi öringa tuşib qolgan.









