Karimova nafaqat davlatning pulini, balki madaniy boyliklarini ham öğirlagan

Karimova nafaqat davlatning pulini, balki madaniy boyliklarini ham öğirlagan

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Özbekistonning Birinçi Prezidenti Islom Karimovning tönğiç qizi Gulnora Karimovaning xorijdagi aktivlarini qaytariş işlari qay ahvolda ekani haqida maʼlumot berdi.

Taʼkidlanişiça, Boş prokuratura va Adliya vazirligi tomonidan tegişli soha idoralari iştirokida Şveytsariya, Frantsiya, Rossiya Federatsiyasi, Latviya va boşqa davlatlar vakolatli idoralari bilan hamkorlikda Gulnora Karimova tomonidan jinoiy yöl bilan qölga kiritilgan aktivlarni qaytariş masalasida muayyan işlar olib borilmoqda.

Şveytsariya federal prokuraturasi bilan hamkorlikda ekspertlarni jalb qilingan holda Gulnora Karimovaning Jeneva şahrida joylaşgan villasida ötkazilgan tintuv vaqtida aniqlangan va xatlangan 70 turdagi sanʼat aşyolari (kartinalar, amaliy sanʼat va hunarmandçilik asarlari va hokazolar)ning milliy boylikka taalluqliligini aniqlaş hamda ularning Özbekistonga qaytarilişi böyiça işlar olib borilmoqda.

Avval Gulnora Karimovaning Özbekistondagi yaşaş manzillarida 985 turdagi tarixiy madaniy va badiiy ahamiyatga ega qimmatliklar deb topilgan hamda umumiy qiymati 12,7 mlrd. sömdan ortiq bölgan sanʼat asarlari (kartina, sözana, milliy taqinçoqlar, sopol, yoğoçdan işlangan milliy hunarmandçilik asarlari va hokazolar) aniqlangan va xatlangan.

Qayd etilgan kartinalar va sanʼat asarlari sud hukmiga köra davlat egaligiga ötkazilib, Özbekiston amaliy sanʼati va hunarmandçilik tarixi Davlat muzeyi, Farğona viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi,  Andijon viloyat tarix va madaniyat Davlat muzeyi, Çirçiq şahar tarix muzeylariga topşirilgan.
Sunnatilla Abdullayev

×