Soğliqni saqlaş vazirligi: beşinçi qavatdan tuşib ketgan bola soğ-salomat

Soğliqni saqlaş vazirligi: beşinçi qavatdan tuşib ketgan bola soğ-salomat

14 yanvar kuni Toşkent şahri Olmazor tumani 3-Beruniy dahasidagi beş qavatli uyning beşinçi qavatida uç yoş 11 oylik bola osilib qolgani va pastga tuşib ketgani aks etgan videoxabar tarqalgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda şov-şuvga aylangan uşbu jarayonda bola uyda yolğiz qolganligi sababli öynab, derazadan çiqib ketgan, lekin u aholi tomonidan pastda adyol tutib uşlab qolingan.

Bugun Respublika şoşilinç tez tibbiy yordam ilmiy markazi Bolalar majmuasida malakali şifokorlar tomonidan beşinçi qavatdan tuşib ketgan bolani takroriy tibbiy tekşiruvdan ötkazildi. Tekşiruv natijalariga köra, bola oğir jarohat olmaganligi va ahvoli yaxşi ekani yana bir bor tasdiqlandi, deb xabar qiladi SSV matbuot xizmati.

– Uşbu kutilmagan holatdan hali ham şokdaman, – deydi bolaning onasi . – Farzandim şamollagani uçun bir muddatga uyda qoldirib, boşqa bolamni maktabdan olib keliş uçun çiqqandim. Şu orada, falokat oyoq ostida deganlaridek, bu voqea bölib turibdi. Qöşni va şifokorlardan bolamning hayotini asrab qolişdagi beminnat yordami uçun juda ham minnatdorman.

Eslatib ötamiz, uşbu voqea yuzasidan 14 yanvar kuni soat 16:18 da çaqiruv bölgan. Tez tibbiy yordam maşinasi 7 daqiqada yetib borgan. Birinçi yordam voqea joyida körsatilib, zudlik bilan şifoxonaga olib borilgan hamda malakali şifokorlar tomonidan unga sifatli davo çoralari qöllanilgan edi.

×