Istanbulning Boğçalievlar tumanida uy işlarini bajariş bilan tirikçilib qilib kelayotgan özbekistonlik ayol yangi tuğilgan çaqaloğini köp qavatli uyning 4-qavatidan uloqtirdi. Bu haqda mahalliy naşrlar xabar bermoqda.
Çaqaloq yerga tuşiboq vafot etgan, ayol esa hibsga olingan.
Tergov jarayonida S.B. ismli ayol 22 yoşda ekani va Özbekiston fuqarosiligi maʼlum bölgan. Ayol öz körsatmasida homilador ekanini bilmagani, birdan oğriqlar boşlangani, keyin esa çaqaloq ölik tuğilganini aytgan. U ölik tuğilgan çaqaloğini qörqqanidan xaltaga solib, pasttga uloqtirganini bildirgan va öziga qöyilgan ayblovlarni rad etgan.
Özbekistonlik S.B. jinoyat işlari böyiça Bakirköy sudi hukmi bilan hibsga olingan.
Maʼlumotlarga köra, ayol çaqaloqni uloqtirgan xonadonda 10-15 kundan beri işlayotgan bölgan va homilador ekanini uy egalaridan yaşirgan. Bolani esa xonadonda dunyoga keltirib, işidan ayrilmaslik maqsadida uni yuqori qavatdan taşlab yuborgan.









