Kanada boş vaziri Jastin Tryudoning Kanada razvedkasi maʼlumotlariga asoslanib maʼlum qilişiça, «Ukraina xalqaro avialiniyalari» (MAU)ning Tehron yaqinidagi halokatga uçragan samolyoti Eronning «yer—havo» tasnifidagi raketasi tomonidan urib tuşirilgan.
«Ehtimol, bu qasddan qilinmagandir», — deya Tryudoning sözlaridan iqtibos keltirmoqda CNN. Kanada boş vaziri voqea aynan qanday yuz berganini aniqlaş maqsadida izçil tergov olib borişga çaqirdi.
Keyinroq Buyuk Britaniya boş vaziri Boris Jonson ham kanadalik hamkasbining fikrini qöllab-quvvatlab çiqdi — uning aytişiça, Britaniyada samolyot Eron raketasi bilan urib tuşirilganini tasdiqlovçi dalillar bor.
Avvalroq Newsweek, CBS News, CNN va boşqa bir qator naşrlar Pentagon va boşqa amerikalik rasmiylarga asoslanib, Eron Ukraina samolyotini «Tor» zenit-raketa majmuasidan uçirilgan bitta yoki ikkita raketa bilan urib tuşirgani haqida xabar tarqatgan edi.
AQŞ rasmiylari raketa zarbasi tasodifan berilganini taʼkidlamoqda. CNN maʼlumotlariga köra, raketalar AQŞ Eronga hujum qilib qolişi mumkin degan xavotir bilan uçirilgan bölişi mumkin.
Tehron yaqinida Boeing 737 samolyotining qulaşi oqibatida 176 kişi — 82 nafar eronlik, 63 nafar kanadalik, 11 nafar ukrain, 10 nafar şved, tört nafar afğon, uç nafar nemis va uç nafar britaniyalik halok bölgan edi.









