Prezident Şavkat Mirziyoyev Farğona viloyat Xalq deputatlari kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida vazirlar işiga baho berdi.
— Vazirlar Toşkentda qorovul bölib ötiriş uçun vazir bölmaydi. Buning uçun oylik olmaydi. Viloyatlarga çiqib, muammolarni örganişi, hal qilişi kerak.
Men nima uçun Abdulla Aripovni yonimda olib yurişimni bilasizmi? Çunki bu odam halol işlaydi, kasbiga sadoqat körsatadi.
Samarqandda hokim bölib işlaganimda faqat şu vazir oldimga kelib, muammolarni söragan edi. Boşqa birorta vazir kelmagan. Öşanda Abdulla Niğmatoviç Urgut tumanidagi telefon aloqasini şaxsan özi hal qilib bergan edi. Vazir mana şunday işlaşi lozim.
Öz vaqtida unga tuhmat ham qilişgan edi. Endi u davrlar ortda qoldi.
Vazirlar Qaşqadaryoda qanaqa holat, vodiyda qanday, boxabar bölib turişi lozim. Birorta vazir Farğonadagi işini yakunlamagunga qadar Toşkentga ketmaydi, — dedi Prezident.









