Almatidan Nur Sultonga parvoz qilgan samolyot halokatga uçradi. Yölovçi samolyot Almatida uçiş çiziğidan taşqaridaligi aniqlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik Qozoğiston FVV maʼlumoti asosida.
"Bugungi kunda Bek Eyr" aviakompaniyasiga qaraşli 2100 reys bilan Almatidan Nur-Sultonga parvozni amalga oşirayotgan samolyot reja böyiça 7:05da uçgan va radardan yöqolgan. Bortda 95 yölovçi va 5 nafar ekipaj aʼzosi bölgan", - deyiladi Almati aeroporti xabarida.
Hozirgi vaqtda 7 kişi halok bölgani maʼlum qilingan.
Qozoğiston boş vaziri topşiriği bilan boş vazir örinbosari boşçiligida hukumat komissiyasi tuzilgan. Komissiya tarkibidan Qozoğiston Respublikasi sanoat va infratuzilmani rivojlantiriş vaziri va boşqa davlat organlari vakillari örin olgan. Komissiya favqulodda holat yuz bergan joyga yetib kelgan. Fojia sabablari aniqlaştirilmoqda.
Sönggi xabarlarga köra, Qozoğiston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev aviahalokat qurbonlari qarindoşlariga taʼziya bildirgan va aybdorlar jazolanişini aytgan.
Almatida ayni vaqtda tez yordam maşinalariga yöl böşatiş uçun transport harakati tezlikda tartibga solinmoqda.
Hodisa joyida yöl patrul politsiyasi xodimlari işlaşmoqda, transport harakatini tartibga solişmoqda. Tez tibbiy yordam maşinalari Almati aeroporti markaziy kiriş qismiga yetib kelişda davom etmoqda.
Jabrlanganlarning aksariyat qismi şahar kasalxonalariga olib ketilgan, hodisa joyida esa öndan ortiq tibbiy yordam maşinalari borligini kuzatiş mumkin.









