Moskva birjasidagi savdo boşlanişida rublning dollarga nisbatan qiymati keskin pasayib ketdi. Unga köra, bir AQŞ dollari 69 rubldan qimmatroq baholangan bölsa, yevro kursi 78,5 rublga teng bölib turibdi.
Oxirgi marta bunday körsatkiç bir hafta oldin qayd etilgan edi. Şuningdek Rossiyaning asosiy indekslari qiymati ham qulamoqda. Mosbirja indekski 1,59 foizga, RTS esa 2,35 foizga pastlagan.
Rossiya valyutasining qadrsizlanişi AQŞdagi vaziyat bilan boğliq. Amerikada rekord darajada neft zaxirasi jamlangani xabar qilingaç, neft narxi yana pastlay boşladi. Sort Brent'ning bir barreli 40 dollarga baholangan bölsa, WTI 38 dollardan pastga tuşgan.
Boz ustiga Federal zaxira tizimi prognozlariga köra işsizlik oşgani va YAIM işlab çiqariş pasaygani aytilmoqda. Bu esa sarmoyadorlar tomonidan turli işonçsiz valyutalardan köra dollarga köproq eʼtibor berilişiga olib keldi.
Eslatib ötamiz, hafta boşida OPEK+ aʼzolari iyul oyida neft qazib çiqarişga maksimal çeklov kiritişga kelişib olgaç, rubl qiymati oxirgi uç oyda ilk marta kötarila boşlagan edi. Ammo endi rublning qiymati yana pastlay boşladi.









