Endi maʼmuriy işlar körilayotgan sud majlisining audio yoki videosini yozib oliş mumkin

Endi maʼmuriy işlar körilayotgan sud majlisining audio yoki videosini yozib oliş mumkin

Avval xabar berganimizdek, “Ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonunga muvofiq, baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillaştirilişi munosabati bilan 20 dan ortiq qonun hujjatlariga özgartişlar kiritildi.

Jumladan, Jinoyat-protsessual kodeks yangi norma bilan töldirildi. Unga köra murojaat va unga ilova qilinadigan hujjatlar sudga elektron hujjat tarzida yuborilişi mumkin.

Iş holatlari hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanişi lozim bölganda, şuningdek boşqa zarur hollarda hujjatlarning asl nusxalari taqdim etiladi.

Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga kiritilgan özgartişlarga köra, maʼmuriy huquqbuzarlik töğrisidagi işni sudda körib çiqiş çoğida sudning taşabbusiga yoki işda iştirok etuvçi şaxslarning iltimosnomasiga köra sud majlisining audio yoki videoyozuvi amalga oşirilişi mumkin.

Şuningdek, maʼmuriy huquqbuzarliklar töğrisidagi iş böyiça qaror axborot tizimi orqali elektron hujjat tarzida çiqarilişi va ijro etiş uçun yuborilişi mumkin.

Uşbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.

×