Joriy yilning 19 dekabr kuni Afğonistondagi Ufuq" axborot agentligi muxbiri Javid Yusufiy tört nafar nomaʼlum şaxslar tomonidan Qobulning Daşte Barçi hudidagi uyiga ketayotganida kuzatilib, döpposlangan va piçoqlangan.
“Tolibon” yaqinda jurnalist Javid Yusufiyga uyuştirilgan hujumni çuqur örganişi, aybdorlarni javobgarlikka tortişi va afğon muxbirlarining xavfsizligini taʼminlaşi kerak”, deyiladi xalqaro Jurnalistlarni himoya qiliş qömitasi (JHQQ)ning holat böyiça bayonotida.
JHQQga hujum haqida xabar bergan jurnalistning döstiga köra, yigitlar Yusufiy qoçişga urinayotganda, unga qayta-qayta muşt tuşirib, tepib, orqa qismiga bir neça marta piçoq sançgan, söng voqea joyidan qoçib ketgan. Jurnalist ikkita mahalliy şifoxonaga olib kelingan, ikkisida ham uning jarohatlarini davolaş imkoni bölmagan va uçinçi joyda, Qobulning Ibn Sino şifoxonasida bir neça soat operatsiya qilingan.
Yusufiyning JHQQ aytişiça, bosqinçilar undan heç narsa olmagan va hujum paytida ulardan biri uni "ahmoq jurnalist" deb atagan.
“Tolibon” jurnalist Javid Yusufiyga şafqatsiz hujum uyuştirgan şaxslarni qölga oliş va ularni javobgarlikka tortiş uçun zudlik bilan çora körişi kerak. Jurnalistlarga hujum qilganlarni jinoiy javobgarlikka tortiş Afğonistonda matbuot erkinligini taʼminlaş uçun muhim çoradir”, deydi JHQQning Osiyo böyiça koordinatori Stiven Batler.
Voqea ortidan Yusufiy “Tolibon” vakiliga qönğiroq qilib, hujum haqida xabar bergan. Uning aytişiça, 13-sonli politsiya okrugidan bölgan “Tolibon” agenti jurnalistni u olib kelingan birinçi şifoxonada uçratgan va uning ahvolini söragan.
Xabarlarga köra, “Tolibon” hukumati hujumda "qurolli bosqinçilar"ni ayblagan.
Taşkilot bayonotida aytilişiça, jurnalist Yusufiyga birinçi marta tahdid bölayotgani yöq. U 2014 yilda “Arezo” telekanalida işlab yurgan kezlarida ham döpposlangan. Keyinçalik u nomaʼlum şaxslardan qiynoq va ölim tahdidlari haqida xabarnomalar olgan. Şundan söng, yaşirinib yaşaşga, bir muddat jurnalistik faoliyatini töxtatişga majbur bölgan.
Joriy yilning 15 avgust kuni “Tolibon” hukumatni egallab olganidan söng, Yusufiy yaşirinça “Ufuq” axborot agentligida işlay boşlagan. Uning sönggi maqolalari taʼlim, jinoyatçilik, “Tolibon” hokimiyatni egallab olgandan keyin söz erkinligi bilan boğliq vaziyatning yomonlaşuvi va “Tolibon” ostida ayollarning qarşilik körsatiş istiqbollarini qamrab olgan.
“Ufuq” axborot agentligi mustaqil onlayn axborot platformasi bölib, Afğonistondagi siyosiy, xavfsizlik va iqtisodiy masalalarni yoritadi.
“Tolibon” Matbuot kotibi örinbosari Ahmadulloh Vosiq JHQQning Yusufiyga nisbatan hujum yuzasidan yuborgan söroviga javob bermagan.









