Namangan viloyati hokimining örinbosari Okibjon Inamov 13 dekabr kuni Koreya Respublikasining Jongbu universtiteti Xalqaro aloqalar departamenti direktori Minxi Li bilan uçraşuv ötkazdi.
Uçraşuv davomida Namangan şahrida Jongbu universiteti filiali va unga muqobil ravişda xususiy xorijiy universitet oçiş masalalari muhokama qilindi.
Janob Minxi Li Jongbu universiteti sohaviy mutaxassislar tayyorlaş böyiça öziga xos tajribaga ega ekanligini taʼkidlab ötdi.
“Faoliyatimizni boşlaşimiz uçun bizga bino zarur. Agar şunday imkoniyat bölsa, uni jihozlaş, taʼmirlaş, moslaştiriş işlarini boşlaymiz. Yoki bölmasa vaqtinçalik binoda turib, özimiz uçun bino quriş işlarini boşlaşimiz ham mumkin. 2020 yil sentyabr oyidan eʼtiboran talabalarni qabul qilib, öqitişni boşlaş niyatimiz bor. Biz axborot texnologiyalari, avtomobil muhandisligi, sanoat dizayni, turizm va mehmonxona menejmenti va koreys tili va adabiyoti yönalişlari böyiça taʼlim beramiz. Talabalar 3+1 (3 yil Özbekistonda 1 yil Koreya respublikasida) yoki 2+2 tizimida tahsil oliş imkoniyatiga ega böladilar”, dedi Minxi Li.
Şuningdek uçraşuv çoğida xususiy xorijiy universitet taşkil etiş masalasi ham körib çiqildi. Bu variantda taşkil etilajak oliygoh, nafaqat Jongbu universiteti, balki Koreya Respublikasi boşqa nufuzli universitetlari bilan hamkorlik qiliş imkoniyatiga ega böladi.









