Toşkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi

Toşkent davlat pedagogika universiteti talabasida koronavirus aniqlandi

Keça, 22 yanvar kuni tibbiy taşxis natijalariga köra, Toşkent davlat pedagogika universiteti Rus tili va adabiyoti fakulteti talabasida koronavirus infektsiyasi aniqlandi. Bu haqda universitet Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, uşbu talaba bilan aloqa qilganlar va fakultet hududidagi boşqa barça talabalarga 14 kun davomida öz-özini izolyatsiya qiliş rejimini ötkaziş tavsiyasi berilgan.

Öquv binosining 4-qavatidan foydalanayotgan Rus tili va adabiyoti fakulteti hamda Xorijiy tillar fakultetida ham uşbu nazorat çoralari joriy qilindi. Bunda offlayn tartibda taʼlimga qaytgan Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakultetlarining barça 1-kurs talabalari endilikda 14 kun davomida taʼlimni masofaviy tartibda olişlari belgilandi.

Kelasi haftadan (24.01.2021) uşbu ikkala fakultetning 2-3-4-kurs talabalari qişki sessiya yakuniy imtihonlarini onlayn tartibda topşiradilar. 1-kurs talabalari esa ikki haftadan keyin (08.02.2021) imtihon topşiriş uçun offlayn taʼlimga qaytadilar.

Rus tili va adabiyoti, Xorijiy tillar fakulteti binolari, kiriş-çiqiş joylari va hududlari töliq izolatsiyaga olingan bölib, u yerda 1 hafta mobaynida tibbiy-sanitariya tozalaş işlari amalga oşiriladi. Uşbu fakultetlarning hududi töla yopilgan va nazoratga olingan.

Qolgan barça fakultetlar talabalari töliq tartibda offlayn taʼlim darslarini va offlayn tarzdagi imtihon topşiriş jarayonlari davom ettiradilar. Buning uçun barça binolarning kiriş va çiqiş joylari har bir fakultet va kurslar uçun alohida marşrutlar asosida belgilangan yölaklar orqali amalga oşirilişiga rioya qilinadi.

Universitetning barça kiriş-çiqiş joylari, bino va hududlari tana haroratini ölçovçi maxsus texnologik tibbiy asboblar va sanitariya vositalari bilan töliq jihozlangan. Universitetda maxsus tibbiyot xodimlari va şifokorlar guruhi muntazam faoliyat körsatmoqda. Öquv binolarida va talabalar turar joylarida favqulodda holatlar uçun izolyatorlar taşkil etilgan va yetarliça kerakli dori-darmonlar sotib olingan. Vaziyat töliq nazoratga olingan, xavotirlanişga hojat yöq.

×