Savol:
Savol: Assalomu alaykum. Ayol telefonda begona erkak bilan gaplaşayotganda eri uni uşlab olibdi, xotini telefonni sindirib taşlabdi, endi qay maʼnoda gaplaşgani Xudoga ayon. Bu oilaning 2 nafar farzandi bor. Erning boşi qotgan, javobini bervoray desa, farzandlaridan közi qiymayapti. Şu yigitga nima maslahat bergan bölardingiz?
Javob: Vaalaykum assalom. Bu keng tarqayotgan illat. Kişilarda içki diniy nazorat va diyonat susaygani bunday yomon işlarga sabab bölmoqda.
Şariatda bu holda jazo belgilanmagan. Agar zino ustida xotin yo er jufti tomonidan uşlansa, bunda "lion" hukmlari joriy qilinadi. Agar törtta guvoh öz şartlari bilan zinoga guvohlik bersa, unda "rajm" hukmlari ijro qilinadi. Bularning tafsiloti fiqhiy kitoblarda mavjud.
Savolda zikr qilingan holatda er özi qaror qilişi kerak. Imkon bölsa yomon gumondan özini yiroq tutsin. Ayoliga nasihat qilsin va tanbih bersin. Uyida diniy taʼlim va ruhiy tarbiyani yölga qöysin.
Alloh yanada biluvçi.
Mubaşşir Ahmad
Manba: azon.uz









