Qiziqçi Ortiq Sultonov lavozimga tayinlandi

Qiziqçi Ortiq Sultonov lavozimga tayinlandi

Sanʼatkor Ortiq Sultonov Samarqand şahar madaniyat bölimi boşliği vazifasini bajaruvçisi etib tayinlandi. Bu haqda şahar hokimligi vakili Abdujabbor Pölatov xabar berdi. Urgutlik kulgi va söz ustasi 1992 yilda Toşkent davlat sanʼat institutining teatr va kino yönalişini tamomlagan. O.Sultonov sanʼatşunoslik fanlari nomzodi. U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boşlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoşlar» telekanali, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Özbekiston» telekanali rejissyori bölib işlagan.

×