Nurşod Xudoyberdiyev Namangan viloyati qişloq xöjaligi boşqarmasi boşliği etib tayinlandi, deya xabar bermoqda viloyat hokimligi matbuot xizmati.
Tayinlovga qadar u 2019 yil mart oyidan boşlab 5 yil davomida Mingbuloq tumaniga hokimlik qilgan. U prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida 17 iyul kuni ötkazilgan videoselektor yiğilişida faoliyatida tizimli kamçiliklarga yöl qöyganligi sababli lavozimidan ozod etilgan 10 nafar hokimdan biri bölgandi.
18 iyul kuni bölib ötgan yiğilişda Nurşod Xudoyberdiyev tuman faollari bilan xayrlaşib, “Navqiron davrim şu yerda ötdi. Baqir-çaqir qilgan paytlarim bölgandir, lekin heç kimga yomonlik qilmadim. Mingbuloqdan ketiş men uçun oğir, juda oğir”, deb aytgandi.
Viloyat hokimlining xabarida aytilişiça, u 2024 yilning avgust oyiga qadar tuman hokimi bölib işlagan.
Nurşod Xudoyberdiyev mehnat faoliyati davomida Namangan viloyati “Suvnazorat” inspektsiyasida turli vazifalarda işlagan. 2015—2016 yillarda Mingbuloq tumani Zardaryo irrigatsiya tizimi boşqarmasi boşliği bölgan. 2016—2017 yillarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliğining birinçi örinbosari, 2017—2019 yillarda Norin-Sirdaryo irrigatsiya tizimlari havza boşqarmasi boşliği sifatida faoliyat körsatgan.
7 avgust kuni Mingbuloq tumani hokimi etib Ahror Mansurov tayinlangan.









