Rasmiy bayonot: “Qöqonda sirli ölim qotillari kimlar?..”

Rasmiy bayonot: “Qöqonda sirli ölim qotillari kimlar?..”

Farğona viloyati prokuraturasi “Qöqonda sirli ölim qotillari kimlar...” sarlavhali maqola yuzasidan bayonot berdi. 

16.09.2019 yilda Qöqon şahar, Istiqlol köçasi, 65-uyda yaşagan F.Abdunazarovni yaşaş xonadonida tösatdan vafot etganligi holati yuzasidan Qöqon şahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilgan.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasida marhum F.Abdunazarovning ölimi tromboz kasalligi, öpka arteriya qon tomirlarini tromboemboliyasi oqibatida ötkir nafas va yurak qon tomir yetişmovçiligi oqibatida kelib çiqqanligi körsatilgan.

Şuningdek, marhum F.Abdunazarov hayotlik vaqtida tromboz, öpka arteriyasini qon tomiri tromboemboliyasi bilan kasallanganligi, aynan şu kasallik uning ölimiga bevosita sabab bölganligi bayon etilgan.

Marhumdan olingan qon namunalari tarkibidan dori vositalari topilmagan.

R.Tursunov va R.Irgaşevlar 15.09.2019 yilda örtoği F.Abdunazarov bilan birga soat 20-00 larda körişib, birga pivo içib ötirişganligi, F.Abdunazarov mast bölib qolganligi sababli soat 23-00 larda R.Tursunov uni yaşaş xonadoniga olib borib taşlab kelganligi, F.Abdunazarov biror bir dori vositasi istʼemol qilmaganligini, ularning örtasida biror bir janjal bölmaganligini bildirişgan.

Tekşiruv natijalariga köra, F.Abdunazarovning vafot etganligi holatida biror-bir şaxsning harakatlarida jinoyat tarkibi mavjud emasligi sababli 15.10.2019 yilda jinoyat işi qözğatiş rad etilgan hamda bu haqda marhumning yaqin qarindoşlariga maʼlum qilingan.

Avvalgi xabarda maʼlum bölişiça, farğonalik jurnalist Bahodirxon Eliboyevga Farğona viloyati Qöqon şahrida Istiqlol köçasi 65-uyda yaşovçi Zohidaxon Abdunazarova murojaat qilgan.

Qöqondagi festival yakunida, yaʼni 15 sentyabr kuni, Zohida opaning farzandi Abdunazarov Furqatjon örtoqlari Tursunov Ravşan va Ergaşev Ravşanlar bilan birga qaysidir xonadonga qandil örnatib beriş uçun çiqib ketganlar. Biroq öşa kuni keçasi Furqatjonni kimdir uyiga taşlab ketgan va uning yonidan telefoni va pullarini topolmagan.

Keyinçalik maʼlum bölişiça, öşa keçasi Furqatjonga kimdir 40 ta anaprilin tabletkasini içirgan ekan, uyqusi kelayotganini, boşi aylanayotganini aytişga ulgurgan Furqatjon (1990 yil 26 aprelda tuğilgan) 16 sentyabrga ötar keçasi vafot etgani aytilgan. 

×