Namangan viloyatida moddiy manfaatdorlik evaziga noqonuniy diniy saboq beriş holatlari aniqlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati böyiça boşqarmasi hamda viloyat içki işlar boşqarmasi xodimlari hamkorligida ötkazilgan tezkor tadbirlar davomida yaşirin “hujralar” taşkil etib, diniy taʼlim beriş yöli bilan noqonuniy daromad topayotgan “uddaburonlar”ning qilmişlari foş etildi.
Jumladan, Namangan şahrining Baliqçi köçasida istiqomat qiluvçi,
1995 y.t. fuqaro köp qavatli uylarning birida 15 nafar şaxsga diniy saboq bergan bölsa, Maʼrifat mahallasida yaşovçi, 1974 y.t. ayol öz xonadonida 14 nafar voyaga yetmagan bolalarga diniy öqiş taşkil etib, ularning har biridan oyiga 1,5 million sömdan pul olib kelgan.
Yangi Namangan tumanida qayd etilgan holatda esa 1983 y.t. şaxs Mehnatobod mahallasidagi yaşirin “hujra”da 10 nafar voyaga yetmagan qizlarga va 3 nafar fuqaroga diniy taʼlim berib kelgan.
Ayni şu kabi holat Uyçi tumanining Maşad mahallasida ham kuzatilib, unda 48 yoşli fuqaro öz uyida voyaga yetmagan bolalarni töplab, moddiy manfaat evaziga diniy saboq beriş bilan şuğullangan.
Taʼkidlaş lozimki, bunday qonunbuzarliklar Töraqörğon va Namangan tumanlarida istiqomat qiluvçi 1975 va 1981 y.t. 2 nafar şaxs tomonidan ham sodir etilgan.
Qilmişlari foş bölgan barça soxta “dindorlar” hamda bolalarni tarbiyalaş majburiyatlarini bajarmagan ota-onalarga nisbatan amaldagi qonunçilikda nazarda tutilgan çoralar körildi.
Yurtimizda dunyoviy ilm oliş bilan birga, diniy taʼlim uçun ham barça imkoniyatlar yaratilgan, şunday ekan farzandlaringizni noqonuniy va diniy öquvi şubha ostida bölgan şaxslar qöliga topşirib qöymang.
Unutmang farzand tarbiyasi va kelajagi uçun ota-ona javobgardir.









