Yoşlarga sifatli taʼlim va tarbiya beriş asosiy vazifa va burçga aylandi – Mirziyoyev

Yoşlarga sifatli taʼlim va tarbiya beriş asosiy vazifa va burçga aylandi – Mirziyoyev

Prezident Şavkat Mirziyoyev hozirgi vaqtda dunyo notinç va murakkab bölib borayotganini, tinçlik – eng buyuk neʼmat, inson qadri va adolat – eng oliy qadriyat ekani har qaçongidan ham çuqur his etilayotganini taʼkidladi. Bu haqda u bugun, 30 iyun kuni yoşlar bilan uçraşuvda söz oçdi.

“Yuksak bilimli, dunyoqaraşi keng, zamonaviy fikrlaydigan, texnologik savodxon yoşlari köp bölgan yurtda tinçlik va taraqqiyot, özaro jipslik hamişa barqaror böladi.
Yoşlarimizga sifatli taʼlim va tarbiya beriş, zamonaviy kasb va hunarlar, xorijiy tillarni örgatiş, hayotda munosib örin topişi uçun zarur şaroitlar yaratiş eng asosiy vazifamiz va burçimizga aylangan”, dedi Prezident.

Yaqinda butun Özbekistonda uzoq kutilgan katta futbol bayrami bölib ötdi. Özbekistonliklarning 34 yillik orzusi uşaldi – milliy terma jamoamiz tarixda ilk bor jahon çempionati yöllanmasini qölga kiritdi. 

“Yaqin-yaqingaça umrini paxta dalasida ötkazgan oddiy oila farzandlari ilmda, sportda, boşqa sohalarda bunday yuksak marralarni egallaşini tasavvur qiliş ham qiyin edi.
Biz yoşlarimiz uçun şaroit yaratdik, ular bundan unumli foydalanib, baland çöqqilarni zabt etmoqda.
Birinçi va ikkinçi Renessansni buyuk alloma va mutafakkirlarimiz yaratgan bölsa, bugun tarix navbatni sizlarga bermoqda. 
Işonçim komil, sizlar barça sohalarda mamlakatimiz bayroğini baland kötarişga qodirsiz. Sizlar Yangi Özbekiston bunyodkorlari sifatida yangi tarix yaratadigan oltin avlodsiz!”, dedi Prezident.


×