Andijonda 19 yoşli tovlomaçi qölga olindi

Andijonda 19 yoşli tovlomaçi qölga olindi

Andijon şahrida yaşovçi 19 yoşli özini “Jasur” deb taniştirgan yigit Uluğnor tumanida yaşovçi 29 yoşli qizga tegişli bölgan maʼlumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, şarmanda qiliş bilan qörqitib, undan 200 AQŞ dollari pul mablaği talab qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar qildi.

Joriy yilning 7 mart kuni Uluğnor tumanida yaşovçi 29 yoşli J.G. tuman IIB boşliğining nomiga ariza bilan murojaat qilib, unda 2022 yil mart oyi boşlarida “Telegram”dagi “Tikuv maşinasi” nomli guruh orqali, Andijon şahrida yaşovçi “Jasur” ismli yigit bilan tanişib, u bilan “Telegram” orqali bir neça kun suhbatlaşib kelganligi, suhbat davomida, öziga tegişli bölgan maʼlumotlarni yuborganligini, “Jasur” ismli şaxs esa uşbu maʼlumotlarni telefon apparatiga saqlab olib, Uluğnor tumanidagi ijtimoiy tarmoqlarga tarqatib, şarmanda qiliş bilan qörqitib, undan 200 AQŞ dollari pul mablaği talab qilib kelganligi uçun unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.

Mazkur ariza yuzasidan joriy yilning 07 mart kuni soat 16:30 larda IIB xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor-tadbir davomida, Baliqçi tumani Oqqörğon MFY da joylaşgan “Humo” umumiy ovqatlaniş joyi kiriş eşigi yölagida “Jasur” isimli yigit arizaçidan sir saqlanişi lozim bölgan fotosuratlarini internet ijtimoiy tarmoğiga oşkor qilmasligi evaziga talab qilib kelayotgan 200 AQŞ dollari pullarini olayotgan vaqtida, tadbir iştirokçilari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.

Olib borilgan tergovga qadar tekşiruvlar natijasida özini “Jasur” deb taniştirgan yigit Oltinköl tumani Şodlik köçasida yaşovçi 19 yoşli Q.O.,ligi aniqlangan.

Holat yuzasidan Uluğnor tumani IIB huzuridagi tergov bölinmasi tomonidan Q.O. ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda jinoyat işi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Özbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti

×