Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi

Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston mustaqilligining 31 yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning Özbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining öttiz bir yilligiga bağişlangan tantanali marosimdagi nutqi.

Assalomu alaykum, qadrli vatandoşlar!

Muhtaram mehmonlar!

Xonimlar va janoblar!

Avvalo, mana şu muazzam «Yangi Özbekiston» boğida turib, siz, azizlarni, butun xalqimizni uluğ ayyom — Mustaqillik kuni bilan çin qalbimdan samimiy tabriklayman.

Barçangizga özimning yuksak hurmat va ehtiromimni, eng ezgu va olijanob tilaklarimni izhor etaman.

Hurmatli döstlar!

Bundan öttiz bir yil muqaddam jahon xaritasida «Özbekiston Respublikasi» degan yangi, mustaqil davlat paydo böldi.

Birinçi Prezidentimiz muhtaram Islom Abduğaniyeviç Karimov boşçiligida mamlakatimizning milliy mustaqilligini dunyoga eʼlon qildik.

Oradan yillar, asrlar ötadi. Lekin milliy davlatçiligimizni, özligimiz va insoniy haq-huquqlarimizni tiklab bergan, barça yutuq va marralarimizning zamini bölgan Mustaqillik kuni biz uçun, kelgusi avlodlarimiz uçun doimo eng uluğ, eng aziz bayram bölib qoladi.

Qadrli yurtdoşlar!

Oxirgi olti yil davomida biz Vatanimiz taraqqiyotining yangi bosqiçida keng qamrovli islohotlarimizni boşlab, izçil davom ettirmoqdamiz.

Ötgan davrda «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilişi kerak» degan tamoyil faoliyatimiz dasturiga aylandi.

Vazir va hokimlar, deputat va senatorlar, rahbar va mutasaddilar, umuman, barça-barçamiz, buyuk şoirimiz Çölpon aytganidek, xalq içiga kirib, xalqdan kuç olib, yangi yondaşuv asosida xalqimizga xizmat qilmoqdamiz.

Bir haqiqatni işonç bilan aytişga barça asoslarimiz bor: bugungi Özbekiston — bu keçagi Özbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham keçagi xalq emas.

Mamlakatimiz pandemiya va global inqirozning salbiy taʼsirlariga qaramasdan, erkin, obod va farovon hayot quriş yölidan dadil olğa bormoqda.

Hammamiz yaxşi tuşunamizki, bugun biz intilayotgan Yangi Özbekistonni barpo etiş, Uçinçi Renessans poydevorini yaratiş oson emas. Bunday uluğ vazifaning şarti va mezonlari köp. Ammo eng muhim va hal qiluvçi omil — bu demokratik islohotlar yölidir.

Şu bois xalqimiz manfaatiga töla javob beradigan bu yöldan heç qaçon ortga qaytmaymiz. Qançalik qiyin bölmasin, faqat oldinga qarab boramiz.

Hurmatli bayram iştirokçilari!

Biz uçun inson, uning qadr-qimmati qançalik aziz bölsa, uning xotirasi ham şunçalik muqaddasdir.

Şu sababli Vatan ozodligi yölida qurbon bölgan ota-bobolarimizning nomlarini oqlaş, ularning faoliyati, ilmiy va ijodiy merosini örganiş, xotirasini eʼzozlaşga yanada muhim ahamiyat qaratmoqdamiz.

Milliy qadriyatlarimizda alohida örin tutadigan avlodlar örtasidagi anʼanalar davomiyligini saqlaş, uruş va mehnat faxriylarining, muhtaram otaxon va onaxonlarimizning hayotini yanada mazmunli qiliş nafaqat vazifamiz, avvalo, insoniy burçimizga aylanmoqda.

Şuningdek, biz Yangi Özbekistonni barpo etişda azmu şijoatli yoşlarimizni xalqimizning çinakam tayançi va suyançi, deb bilamiz.

Farzandlarimiz nufuzli xalqaro musobaqa va festivallar, fan olimpiadalari va tanlovlarda ğolib bölib, Özbekiston bayroğini baland kötarib kelmoqdalar.

Yaqinda Hindistonda bölib ötgan jahon şaxmat olimpiadasida terma jamoamiz tarixda birinçi marta «Olimpiya çempioni» degan yuksak şarafga sazovor bölgani hammamizga çeksiz ğurur bağişlaydi.

Uşbu uluğ ayyomda mana şunday aqlli, irodasi mustahkam, mard va jasur öğil-qizlarimizni, ularning ota-onalari, ustoz-murabbiylarini öz nomimdan, xalqimiz nomidan yana bir bor qutlab, ularga yangi zafar va omadlar tilayman.

Ayni vaqtda mamlakatimiz yoşlari Turkiyada ötkazilgan Islom birdamlik öyinlarida, harbiy xizmatçilarimiz esa, xalqaro armiya musobaqalarida munosib iştirok etib, faxrli örinlarni egallaganlari tahsinga sazovordir.

Aziz yurtdoşlar!

Mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzi va obrö-eʼtibori tobora yuksalmoqda. Biz barça hamkor davlatlar va xalqaro taşkilotlar bilan döstona va teng huquqli taşqi siyosat yuritişni davom ettiramiz.

Fursatdan foydalanib, bugungi tantanali marosimda iştirok etayotgan çet davlatlarning muhtaram elçilari va xalqaro taşkilotlar vakillarini samimiy qutlaymiz.

Samarali hamkorlik aloqalarimizni rivojlantirişga qöşayotgan katta hissalari uçun çin qalbdan taşakkur bildirib, ularning mamlakatlari va xalqlariga tinçlik va farovonlik tilaymiz.

Hurmatli döstlar!

Biz bugun Yangi Özbekiston taraqqiyot strategiyasini jadal amalga oşirmoqdamiz.

Bizning maqsadimiz aniq va ravşan.

Yangi Özbekiston:

– har bir fuqaroning hayotini yanada yaxşilaş maqsadida davlat xizmatlaridan foydalaniş uçun keng imkoniyatlar beradigan;

– odamlar öz muammolari haqida oçiq gapirişi va ularning yeçimi uçun birgalikda harakat qilişlariga barça şaroitlar mavjud bölgan;

– hamma uçun adolatni sözsiz taʼminlaş imkoniyatini beradigan hamda fuqarolari ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar, qonun oldida teng bölgan;

– tadbirkorlikning rivojlanişi uçun zarur şaroitlar yaratilgan davlatdir.

Bir söz bilan aytganda, Yangi Özbekiston deganda, har bir fuqarosi uçun ğamxörlik qiladigan, oçiq va adolatli jamiyat ham tuşuniladi.

Uşbu yuksak marralarga erişiş uçun 2026 yilgaça Taraqqiyot strategiyasi doirasida keyingi işlarimizni 5 ta asosiy vazifalar böyiça taşkil etamiz.

Birinçidan, taʼlim sohasida farzandlarimiz zamonaviy bilim va könikmalarni puxta egallaşlari uçun eng qulay şaroitlar yaratişni izçil davom ettiramiz. Buning uçun maktablarning öquv dasturlari, öqitiş uslubi, darsliklar mazmuni tubdan qayta körib çiqiladi.

Uşbu tizim avval ilğor xorijiy mutaxassislar tomonidan ekspertizadan ötkazilib, keyingina hayotga tatbiq etiladi. Natijada Yangi Özbekiston maktab bitiruvçisi zamonaviy könikmalarni egallagan, axborot texnologiyalarini puxta özlaştirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqaraşi keng şaxs bölib yetişadi. Buning uçun barça hududlarimizda, ayniqsa qişloq joylarda maktablar quriş, ularni malakali pedagog kadrlar bilan taʼminlaş masalalariga alohida eʼtibor beramiz.

Ustoz va murabbiylarning maşaqqatli mehnatini rağbatlantiriş borasidagi işlarimizni yangi bosqiçga kötaramiz.

Imkoniyati çeklangan bolalar uçun inklyuziv taʼlimni har tomonlama rivojlantiramiz.

Ikkinçidan, sud tizimi mustaqil bölmas ekan, jamiyatimizda rivojlaniş bölmaydi.

Sud idorasiga işi tuşgan har bir şaxs uşbu dargohda qonun va adolat ustuvor ekaniga işonç hosil qilişi lozim.

Yangi Özbekistonda har qanday bahsli masalaga adolatli yeçim faqat odil sud tomonidan topilişi kerak. Sudyalar işiga har qanday aralaşuv keskin jazolanadi, ularning xavotirsiz işlaşi uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi. Qançalik qiyin bölmasin, sud tizimidagi islohotlarimizni albatta davom ettiramiz.

Uçinçidan, dunyo tajribasidan maʼlumki, faqat tadbirkorlik rivojlangan davlatda — sifatli taʼlim, malakali tibbiyot, farovon hayot hamda ertangi kunga işonç böladi.

Umuman aytganda, biz qurayotgan Yangi Özbekistonda biznesni rivojlantiriş orqali qöşimça iş örinlari yaratiladi, kambağallik qisqaradi, aholi daromadlari köpayadi. Buning uçun xususiy mulk va tadbirkorlikka xalaqit berayotgan barça tösiqlar bartaraf etiladi.

Davlat boşqaruvi isloh qilinib, iqtisodiyotda davlat iştiroki keskin kamaytiriladi.

Biz aholi va tadbirkorlarga soliq yukini yengillaştiriş, soliq tizimini soddalaştiriş böyiça islohotlarni izçil davom ettiramiz. Bunda heç kimga alohida imtiyozlar berilmaydi, soğlom raqobat muhiti uçun barça zarur şaroitlar yaratiladi.

Törtinçidan, soğliqni saqlaş tizimida aholiga yanada sifatli va malakali tibbiy xizmatlardan foydalaniş imkoniyatini kengaytiramiz.

Barça hududlarda şoşilinç tibbiy yordam qamrovini oşirib, uni odamlarga yanada yaqinlaştiramiz.

Maqsadimiz — xalqimiz soğlom hayot keçirişi va örtaça umr köriş darajasini uzaytirişga erişiş.

Beşinçidan, aholini toza içimlik suvi bilan taʼminlaş masalasi doimo diqqatimiz markazida böladi.

Sohaga jalb qilinayotgan investitsiyalar hajmi keskin köpaytiriladi.

Şu bilan birga, muammoli hududlarga toza içimlik suvini yetkaziş va sifatini yaxşilaş böyiça alohida dasturlarni amalga oşiramiz.

Muhtaram döstlar!

Albatta, bunday keng kölamli vazifalarni amalga oşirişda oldimizda turli qiyinçilik va muammolar paydo bölişi tabiiy hol. Lekin öz tarixida qança-qança sinov va maşaqqatlarni boşidan keçirgan mard va matonatli xalqimiz har qanday qiyinçilikni yengib ötişga qodir. Men bunga qatʼiy işonaman.

Asosiy muallifi va ijodkori xalqimiz bölgan — yangilanayotgan Konstitutsiyamiz bu yölda mustahkam huquqiy asos bölib xizmat qiladi.

Asosiy qonunimizni şoşilmasdan, çuqur öylab, xalqimiz bilan maslahat qilib, faqat umumxalq referendumi asosida qabul qilamiz.

Işonçim komil, Yangi Konstitutsiyamiz çinakam xalq Qomusi, çinakam xalq Konstitutsiyasi böladi.

Hurmatli tadbir iştirokçilari!

Jahondagi bugungi murakkab vaziyat bizdan işning közini bilib, keçayu kunduz fidoyi bölib, samarali mehnat qilişni talab etmoqda.

Şu bois Qurolli Kuçlarimizning qudrati va salohiyatini yuksaltiriş ham ustuvor vazifamiz bölib qoladi.

Askar va ofitserlarimizning jangovar tayyorgarligi, harbiy mahorati, vatanparvarlik fazilatlarini oşirişga yanada köproq ahamiyat beramiz.

Mana şu qutluğ kunda Vatan himoyasida doimo sergak va huşyor turgan mard va jasur öğlonlarimizni çin dildan qutlab, ularga kuç-ğayrat va omadlar tilaymiz.

Aziz va muhtaram vatandoşlarim!

Bugun biz öz oldimizga uluğvor va yuksak maqsadlarni qöymoqdamiz.

Ana şunday ulkan marralarga yetiş yölida köpmillatli el-yurtimiz yanada birlaşib, yagona ahil oila, yagona xalq bölib, astoydil harakat qilmoqda.

Bu — biz erişayotgan barça yutuqlarimizning mustahkam garovi, desak, ayni haqiqatni aytgan bölamiz.

Fursatdan foydalanib, islohotlarimizni faol qöllab-quvvatlab, ularni amalga oşirişda doimo fidoiylik körsatib kelayotgan mehnatkaş, olijanob va bağrikeng xalqimizga çin dildan taʼzim qilaman.

Siz, aziz yurtdoşlarimni Özbekiston mustaqilligining öttiz bir yillik bayrami bilan yana bir bor qutlab, barçangizga sihat-salomatlik, oilalaringizga baxtu saodat, fayzu baraka tilayman.

Ezgu orzu-niyatlarimiz amalga oşsin!

Yaratganning özi barçamizni panohida asrasin!

Yurtimiz tinç, xalqimiz omon, Mustaqilligimiz abadiy bölsin!

×