«Ayollarimizning dardini sevinç yoşiga aylantirişga harakat qilamiz» — Prezident
Şavkat Mirziyoyev iştirokida 7 mart kuni Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bölib ötmoqda. Bu haqda jurnalist Aziza Qurbonova maʼlum qildi.
Qayd etilişiça, tadbirda davlat rahbari ayollarni tabriklab, nutq sözlagan.
«Prognozlarga köra, bugun jala quyib yomğir yoğişi kerak edi. Mana bugun kun hozir yomğir yöq, qarang cizlarning duolaringiz kuç-qudrati nimalarga qodir.
Iloji boriça, ayollarimizning dardini, taşvişlarini sevinç yoşiga, ğalaba yoşiga, muvaffaqiyat yoşiga, natija yoşiga aylantirişga hammamiz birgalikda harakat qilamiz», — deydi Prezident.
Şuningdek, magistraturada öqiyotgan ayol talabalarning kontrakt pullarini töliq byudjetdan qoplab beriş uçun har yili 200 milliard söm mablağ yönaltirilişi aytilgan. Qolaversa, doktorantura yönalişida xotin-qizlar uçun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.









