Qişda maktab öquvçi qizlariga şim kiyişga ruxsat berildi

Qişda maktab öquvçi qizlariga şim kiyişga ruxsat berildi

Özbekistondagi maktablarda qişki öqiş davrida öquvçi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik körinişdagi şim kiyişga ruxsat beriladi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot kotibi maʼlum qildi.

Xabar berilişiça, ob-havoning keskin sovib ketişi natijasida maktablardagi baʼzi ota-onalar qiz farzandlarini taʼlim muassasasiga şim kiyib kelişiga ruxsat beriş böyiça murojaat bilan çiqqan.

Vazirlik vakilining maʼlum qilişiça, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 15 avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan “Davlat umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilari uçun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etiş tartibi töğrisida”gi nizomning 8-bandiga muvofiq ob-havo şaroitidan kelib çiqib, qişki öqiş davrida öquvçi qizlarga yagona maktab formasiga mos klassik körinişdagi şim kiyişga ruxsat berilgan.

Şahnoza Töramurotova

×