Qaşqadaryo viloyati Mirişkor tumanida bir ayolning özini özi öldiriş darajasiga yetkaziş hamda şaxsiy hayot daxlsizligini buzgan şaxslarga sud hukmi öqildi.
Bu haqda JIB Kasbi tuman sudi raisi M.Oçilova "Jahon.uz"ga maʼlum qildi.
Ijaraçi G.Ş. özining gözalik salonini M.J.ga oyiga 300 ming söm evaziga ijaraga beradi. 1 aprel kuni M.J.ning qizi Ş.R. IIB xodimi Z.R. bilan gözallik salonida quçoqlaşib turganida, ijaraçi ikki qizi va kuyovi hamda jiyani T.S bn kirib keladi va jiyani T.Sga ularni telefon orkali video tasvirga oliş haqida topşiriq beradi. Ularni videoga olib, qizdan “Meni Z.R. zörladi”, degan tilxat yozdirib oladi.
Şundan söng ijaraçi G.Ş. IIB xodimi Z.R.dan O.T.ning mendan 10 mln söm qarzi bor, öşani olib berasan, deb talab qöyadi.
Ş.R.ga esa agar ijara uçun oyiga 100 dollardan tölamasang, video tasvirlarni namoyiş qilaman deb tahdid qilgan.
3 aprel kuni video tasvir tarqalib ketişidan va şaxsiy hayoti töğrisidagi maʼlumotlar oşkor bölişidan qörqib öz joniga qasd kilgan Ş.R. salon şiftiga özini osib qöyadi.
Ayolning özini özi öldiriş darajasiga yetkazişida aybdor deb topilgan G.Ş.ga 5 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosi, T.S.ga esa şaxsiy hayot daxlsizligini buzgani uçun 2 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.









