Qaşqadaryo viloyatining Kitob tumanida maktab direktori öz joniga qasd qildi. U ölimidn oldin 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan. Bu Boş prokuratura Matbuot xizmati maʼlum qildi.
Maʼlum qilinişiça, Kitob tumani, “Boğbon” MFY, Yangiqişloq qişloğida yaşovçi fuqaro E.L. va boşqalar joriy yilning 8 sentyabr kuni tuman prokuraturasiga ariza bilan murojaat qilib, jiyani N.T. öz joniga qasd qilganligini bildirib, aybdor şaxslarga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur murojaat şu kuni tuman prokuraturasining jinoyatga oid ariza va xabarlarni röyxatga oliş kitobiga qayd qilinib, tuman prokuraturasi tomonidan hodisa joyi közdan keçirilgan.
Aniqlanişiça, Kitob tumani, “Boğbon” MFY, Yangiqişloq qişloğida yaşagan N.T. tuman xalq taʼlimi bölimiga qaraşli 13-sonli maktab direktori lavozimida işlab kelgan. 31 avgust kuni özi rahbarlik qilgan maktabning maʼmuriy binosi hojatxonasi boloriga arqondan sirtmoq yasab, özini-özi osib vafot etgan.
Tuman IIB xodimlari N.T.ning ölimi holatini aniqlaş uçun marhumning uyiga borganlarida uning yaqin qarindoşlari murdani sud-tibbiyot ekspertizasi körigidan ötkazmaslik maqsadida yurak hurujidan vafot etganligi haqida aytişib, jasadni şu kunni özida kömib yuborişgan.
Tergovga qadar tekşiruv harakatlari davomida tuman xalq taʼlimi bölimi, tuman içki işlar bölimi, maxalla va oilani qöllab-quvvatlaş markazining Kitob tumani bölimi hodimlari harakatlariga nisbatan xizmat tekşiruvlari tayinlangan.
Tekşiruv harakatlari davomida N.T.ning ölim sababini aniqlaş maqsadida jasadni eksgumatsiya qiliş yöli orqali sud-tibbiyot ekspertizasidan ötkaziş tuşuntirilganda, marhumning yaqin qarindoşlari jasadni eksgumatsiya qilişga mutlaqo qarşi ekanliklarini bildirişgan.
Marhum N.T. ölimidan avval 3 nusxada tilxat yozib qoldirgan bölib, hozirgi kunda uşbu tilxatlar N.T.ning toğasi E.L.da saqlanayotganligi aniqlangan.
Uşbu tilxatlarni tergovga qadar tekşiruv zaruratiga köra sudga oid xatşunoslik ekspertizasi tayinlaş uçun taqdim qiliş talab etilganda, E.L. uşbu hujjatlarni nusxasini taqdim qilib, asl nusxalarini taqdim qilişdan boş tortgan.
Mazkur tilxatlar közdan keçirilganda oila aʼzolaridan rozi ekanligini, farzandlariga ğamxörlik qilişni, şuningdek, maktab öqituvçilaridan korruptsiyaga yöl qöymaslikni söragan.
Hozirda Kitob tumani prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: Qalampir.uz









