Ijtimoiy tarmoqlarda “Boyovutda taşkilot xodimining onlayn qimor qurboni bölganligi aytilmoqda” sarlavhali xabar eʼlon qilingan.
Aniqlanişiça, Boyovut tumani Qişloq xöjaligi bölimi yetakçi mutaxassisi vazifasida işlab kelgan T.B. 13.06.2022 yilda özi işlab kelgan tuman qişloq xöjaligi bölimi maʼmuriy binosining ikkinçi qavatidagi böş xonasida, işi bilan boğliq bölmagan va hozirda aniqlik kiritilayotgan şaxsiy muammolari sababli xona eşigining tösiniga sirtmoq bilan böyin qismidan osib, öz joniga qasd qilgan.
Hodisa joyi Boyovut tumani prokurori, tuman IIB boşliği, tuman IIB tezkor-tergov guruhi aʼzolari va tuman prokuraturasi tergovçisi tomonidan közdan keçirilib, bayonnoma rasmiylaştirilgan.
Holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.









