“MJ Developers” xalqaro quriliş kompaniyasi Namangan Square yirik loyihasining boşlanganini eʼlon qildi. Kompaniya matbuot xizmatining “Daryo”ga xabar berişiça, mintaqadagi birinçi Smart City 18 gektar maydonda Braziliya, Hindiston, BAA, Rossiya va boşqa mamlakatlarda yirik loyihalarni amalga oşiriş tajribasiga ega işlab çiqaruvçi tomonidan quriladi.
“Namangan asrlar davomida hunarmandçilik va öziga xos arxitektura markazi bölib kelgan. Namangan Square tuşunçasini yaratişda bizning meʼmorlarimiz va dizaynerlarimiz Farğona vodiysi uşbu durdonasining ajoyib tarixidan ilhom olişdi. Uşbu şahar Yevrosiyo savdo yöllari çorrahalarida taşkil etilganidan beri muhim iqtisodiy markazga aylandi va bizning loyihamiz uning biznes faoliyati uçun organik qism va diqqatga sazovor joy böliş uçun yaratilgan. Biz 2021 yilda Namangan Square 10000 fuqaroning uyiga aylanişini kutmoqdamiz”, — deydi “MJ Developers” hammuassisi Ankit Jalan.
Taxminan 325 000 kvadrat metr iş joylari, turar joylari va çakana savdo maydonçalarini 10 gektardan ortiq park maydonida noyob landşaft dizayn bilan quriş rejalaştirilgan bölib, u zamonaviy yeçimlarni Namangan boğdorçiligining qadimiy anʼanalari bilan uyğunlaştiradi.
Puxta öylangan sport va hordiq çiqariş muhiti Namangan Square aholisi va mehmonlariga yuguriş va velosiped yöllaridan taşqari vorkaut va skeyting uçun tölaqonli maydonlarni, şuningdek, basketbol, tennis, futzal va golf maşqlari uçun maydonlarni taqdim etadi. Ilğor “yaşil” texnologiyalar Namangan Squareʼni eng ekologik qulay tumanga aylantiradi, bu esa ularni keyinçalik şahar va viloyat böylab tarqatişga imkon beradi, deyiladi xabarda.
Namangan Squareʼning asosiy bezagi noyob dizayn va konstruktsiyali ikki bino böladi. Farğona vodiysidagi uşbu birinçi osmonöpar binolar, şubhasiz, viloyatning diqqatga sazovor joylari va uning eng yuqori meʼmoriy tuzilmalari röyxatini töldiradi.
Namangan Square loyihalaştiriş 50 million kvadrat metrdan ortiqroq arxitektura tajribasiga ega dunyoga maşhur hind arxitektori Hafiz Kontraktor tomonidan amalga oşirildi.









