Taniqli tadbirkor va asli kelib çiqişi özbekistonlik bölgan milliarder Alişer Usmonov yordamida Namanganda 18-qavatli biznes-markaz quriladi. Bu haqda investitsiya forumda qatnaşayotgan Sputnik Özbekiston muxbiri xabar qildi.

Bugun "Doing business with Namangan - 2019" xalqaro investitsiya forumi öz iş faoliyati boşladi.
Tadbir boşlanişida Namangan viloyati investitsiya salohiyati haqida viloyati hokimi Xayrulla Bozorov forum katnaşçilariga maʼlumot berdi.
“Namangan şahrida Alişer Burxanoviç yordamida qurilayotgan zamonaviy kongress zaliga ega, jahon talablariga javob beradigan 18-qavatli biznes-markaz töğrisida maʼlumot berişdan xursandmiz”, - dedi Bozorov.
Namangan viloyati hokimining sözlariga köra, bugungi kunda Namangan viloyatida meva boğlari uçun 24 ming gektar maydon, şuningdek, uzumzorlar uçun 9 ming gektar maydon mavjud. Ötgan yili 750 ming tonna sabzavot, 250 ming tonna meva, 107 ming tonna uzum işlab çiqarilgan.
Tadbirda 40 ga yaqin davlatdan 300 ga yaqin xorijiy kompaniya vakillari qatnaşmoqda.
Forum doirasida 320 million dollarlik investitsiya şartnomalar imzolaş rejalaştirilgan.









