Noqonuniy tamaki mahsulotlari va spirtli içimliklar haqida maʼlumot berganlar mukofotlanadi

Noqonuniy tamaki mahsulotlari va spirtli içimliklar haqida maʼlumot berganlar mukofotlanadi

Özbekiston fuqarolari 1 fevraldan boşlab Davlat soliq qömitasi arizasi orqali xaridlardan 1 foiz miqdorida keşbek olişning yangi imkoniyatini faol özlaştira boşladilar. Buni berilgan çeklar soni va jamlangan naqd pul miqdori yaqqol tasdiqlaydi — birinçi hisobot natijalariga köra, soliq qömitasi dastlabki 86,7 ming xaridorga 15,1 milliard söm naqd pul tölaganini maʼlum qildi.

Endilikda tamaki va alkogolli mahsulotlar borasida ham yana bir qulay taklif berilmoqda. Isteʼmolçilar vijdonsiz sotuvçilarga qarşi kuraşda şaxsan iştirok etişlari va buning uçun sezilarli mukofot olişlari mumkin — tegişli yorliqsiz tovarlar haqida maʼlumot uçun jarimaning 20 foizi miqdorida mukofot beriladi.

Özbekiston Prezidentining 2021 yil 4 oktyabrdagi PQ-5252-sonli «Çakana savdo va xizmatlar körsatiş sohasida nazorat-kassa maşinalaridan foydalanişni takomillaştirişga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qaroriga köra, soxta markali (aktsiz markalari) yoki umuman aktsiz markasiz tamaki mahsulotlari va alkogolli içimliklar savdosi amalga oşirilgan taqdirda, isteʼmolçilar sotuvçi ustidan soliq organlariga şikoyat qiliş imkoniyatiga ega. Huquqbuzar sotuvçiga jarima solinadi va qonun buzilişi haqida xabar bergan huşyor xaridorlarga jarimaning 20 foizi mukofot tariqasida beriladi.

Şunday qilib, özbekistonliklar ikki hissa manfaatli böladilar. Birinçidan, kelib çiqişi şubhali mahsulotlarga qarşi kuraşga munosib hissa qöşadilar va buning uçun pul körinişida bonus oladilar.

Isteʼmolçilar «Asl belgisi» maxsus mobil ilovasi orqali tovarlarning haqiqiyligini tekşirişlari mumkin.

Noqonuniy mahsulotlarga qarşi kuraş

Özbekiston Bojxona qömitasi maʼlumotlariga köra, sönggi paytlarda «Regapen», «Tropikamid» va boşqa psixotrop preparatlar qatorida Özbekistonga noqonuniy tamaki mahsulotlari va spirtli içimliklar olib kiriş holatlari köpaygan.

Bojxona qömitasi xodimlari tomonidan xabar qilinişiça, 2022 yilning dastlabki ikki oyi davomida tamaki mahsulotlari va alkogolli içimliklarni Özbekistonga noqonuniy olib kiriş bilan boğliq 30 ga yaqin bojxona qonunçiligi buzilişi holatlari aniqlangan. Şunday qilib, qömita xodimlari bozor va isteʼmolçilarni qiymati 1,2 milliard sömlik salkam 18,6 million dona qalbaki sigaretlardan saqlab qoldi.

Eslatib ötamiz, 2022 yilning 1 yanvaridan tamaki va alkogolli mahsulotlarni işlab çiqaruvçilar va import qiluvçilar uçun markalaş majburiy böldi. Uşbu amaliyot Özbekistonda import qilinadigan va işlab çiqariladigan barça tovarlar uçun şart qilib qöyilgan.

×