Aktrisa Gavhar Şaripovaga yuk maşinasi haydovçisi şilqimlik qilgan, şundan söng aktrisa yurib ketayotgan maşinadan özini taşlab vafot etgan. Bu haqda «Daryo»ga Qaşqadaryo viloyati IIB YHXB xabar berdi.
Hodisa 18 noyabrdan 19 noyabrga ötar keçasi soat 02:20 larda, A-380 Samarqand—Ğuzor avtomobil yölining 140-kilometrida sodir bölgan. Surxondaryo viloyati Şörçi tumanida yaşovçi 1990 yilda tuğilgan Ş.F. boşqaruvida bölgan Isuzu yuk avtomobili soatiga 140 km tezlikda harakatlanib kelayotgan paytda haydovçi bir qölida avtomobilini boşqarib turib, öng qöli bilan avtomobil salonida yölovçi sifatida ketayotgan aktrisaning yelka va qöllaridan uşlab şilqimlik qilgan. Oqibatda Gavhar Şaripova avtomobil eşigini oçib, uni uşlab turgan. Haydovçi buni köra turib harakatlanişda davom etgan va amaldagi yöl harakati qoidalarining 77-bandi 3-qismida körsatilgan «Harakatlaniş vaqtida haydovçi aniqlay oladigan xavf yuzaga kelsa, transport vositasini tezligini u töla töxtatişni taʼminlaydigan darajada kamaytirmasdan» yöllarda harakatlaniş qoidalarini qöpol ravişda buzib, transport vositasini töxtatiş çoralarini körmasdan yölida davom etgan.
Oqibatda Gavhar Şaripova avtomobil kabinasidan tuşib ketib, hayoti uçun xavfli bölgan tan jarohati olib, hodisa sodir bölgan joyda vafot etgan.
Uşbu holat yuzasidan Ğuzor tumani IIB tomonidan 2019 yil 18 noyabr kuni Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalaniş xavfsizligi qoidalarini buziş odam ölimiga sabab bölişi) bilan jinoyat iş qözğatilib, fuqaro Ş.F.ga nisbatan qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllanilgan. Agar Ş.F. aybdor deb topilsa 7 yilgaça ozodlikdan mahrum etilişi mumkin.









